fbpx Betguru » APL. «MYU» «Lids»ni yirik hisobda mag‘lub etdi. Brunudan het-trik, Pogbadan 4ta assist
Friday, 26 April 2024
← Go to the news

APL. «MYU» «Lids»ni yirik hisobda mag‘lub etdi. Brunudan het-trik, Pogbadan 4ta assist

APL 1-turi shanba kungi o‘yinlariga «Old Trafford»dagi uchrashuv start berdi.          Читать на рус языке 

«MYU» muxlislar bilan to‘lgan o‘yingohda «Lids»ga qarshi saf tortdi. O‘yinning 30-daqiqasida Pogbaning uzatmasidan keyin Brunu hisobni ochgan bo‘lsa, 48-daqiqada Eyling jarima maydoni tashqarisidan De Xea darvozasini aniq nishonga oldi – 1:1.

Ushbu goldan keyin Sulsher shogirdlarini to‘xtatib bo‘lmadi. 52-daqiqada yana o‘sha Pogbaning uzatmasidan keyin Grinvud jamoasini oldinga olib chiqqan bo‘lsa, ikki daqiqa o‘tib Bruno dublga, yana 6 daqiqa o‘tib het-trikni rasmiylashtirdi – 4:1.

O‘yindagi so‘nggi golni ham Pogba yaratib, uning uzatmasini Fred golga aylantirdi – 5:1.

Shu kuni Brunu jamoasidagi ilk het-trigini, Pogba esa klub safida APLda 4ta assist amalga oshirgan ilk o‘yinchi bo‘ldi.

APL. 1-tur.
14 avgust (shanba)
Manchester Yunayted – Lids 5:1
Gollar: 1:0 – 30 Brunu Fernandesh, 1:1 – 48 Eyling, 2:1 – 52 Grinvud, 3:1 – 54 Brunu Fernandesh, 4:1 – 60 Brunu Fernandesh, Fred 5:1 – 68
Manchester Yunayted – De Xea, Uan-Bissaka, Maguayr, Lindelef, Shou, Pogba (Sancho, 75), Fred, Brunu Fernandesh, Jeyms (Marsiyal, 75), Maktomini (Matich, 70), Grinvud.
Lids – Mele, Eyling, Kuper, Streyk, Dallas, Kox, Xarrison, Klix, Rafinya, Rodrigo (Firpo, 46), Bemford.

image