fbpx Betguru » APL. «Manchester Siti» «Norvich»ga 5ta gol urdi, «Lids» «Everton» bilan jangovar durang qayd etdi va boshqa natijalar
Wednesday, 24 April 2024
← Go to the news

APL. «Manchester Siti» «Norvich»ga 5ta gol urdi, «Lids» «Everton» bilan jangovar durang qayd etdi va boshqa natijalar

Angliya chempionatining 2-turidan o‘rin olgan bir qancha o‘yinlar yakunlandi.

So‘nggi 3ta rasmiy o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan «Manchester Siti» bor alamini «Norvich»dan oldi va raqib darvozasiga javobsiz 5ta to‘p kiritdi. Grilish «shaharliklar» safidagi debyut golini urdi.

«Lids» o‘z maydonida «Everton»ni qabul qilib, ikki bor hisobda ortda qolayotganiga qaramay, yakunda jangovar durangga erishdi.

Shuningdek, tur doirasida «Aston Villa» o‘z uyida «Nyukasl»dan ustun keldi, debyutant «Brentford» Londonda «Kristal Pelas»dan ochko oldi.

APL. 2-tur. 21 avgust
Manchester Siti — Norvich 5:0
Gollar: Krul (7, avtogol), Grilish (22), Laport (64), Sterling (71), Mahrez (84).
Manchester Siti – Ederson, Uoker, Laport, Diash, Joau Kanselu, Gundo‘g‘an (Palmer, 69), Silva, Rodri, Grilish (Mahrez, 75), Jezus, Ferran Torres (Sterling, 61).
Norvich – Krul, Aarons, Henli, Gibson, Yannulis (Mumba, 46), Rupp (Maklin, 46), Le-Melu, Gilmor, Rashitsa, Kentuell, Pukki (Sarjent, 77).

Lids — Everton 2:2
Gollar: Klix (41), Rafinya (73) — Kelvert Lyuin (30, penalti), Grey (50).
Lids – Mele, Kuper, Eyling, Streyk, Dallas, Firpo (Sheklton, 60), Klix (Roberts, 60), Fillips, Harrison, Bemford, Rafinya.
Everton – Pikford, Koulmen, Kin, Mina, Din, Ivobi (Taunsend, 75), Grey (Delf, 83), Allan, Dukure, Kelvert-Lyuin (Ken, 90), Risharlison.

Aston Villa — Nyukasl 2:0
Gollar: Ingz (45+3), Al-G‘ozi (62, penalti).
Aston Villa – Martines, Mingz, Konsa, Yang, Makginn, Duglas Luis (Tuanzebe, 88), Remzi, Kesh, Uesli, Al-G‘ozi, Buendia (Filojin-Baydeys, 86), Ingz.
Nyukasl – Vudmen, Fernandes (Joelinton, 78), Sher, Lassels, Ritchi, Freyzer, Almiron, Heyden (Longstaff, 46), Uillok, Merfi, Sen-Maksimen, Uilson.

Kristal Pelas — Brentford 0:0
Kristal Pelas – Guaita, Uord, Andersen, Gexi, Mitchell, Kuyate, Makartur, Gallaher, Shlupp (Ayyu, 68), Zaa, Benteke.
Brentford – Rayya, Yansson, Ayer, Pinnok, Genri, Kanos, Nergor, Yanelt (Bidstrup, 87), Oneka (Goddos, 70), Touni, Mbemo (Vissa, 77).

image