fbpx Betguru » APL. «Liverpul» «Byornli»ni mag‘lub etib 4-o‘ringa ko‘tarildi, «Arsenal» va «Vest Hem» so‘nggi daqiqalarda g‘alabaga erishdi
Thursday, 25 April 2024
← Go to the news

APL. «Liverpul» «Byornli»ni mag‘lub etib 4-o‘ringa ko‘tarildi, «Arsenal» va «Vest Hem» so‘nggi daqiqalarda g‘alabaga erishdi

Angliya chempionatining 37-turidan o‘rin olgan bir qancha o‘yinlar bo‘lib o‘tdi.              Читать на Русском языке

«Liverpul» mehmonda «Byornli» ustidan yirik hisobda g‘alaba qozonib ochkolarini 66taga yetkazdi va to‘plar nisbatiga ko‘ra «Lester»ni ortda qoldirib, 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

«Arsenal» London derbisida «Kristal Pelas» bilan bahs yuritib, so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi va ochkolarini 58taga yetkazib, 9-o‘ringa qaytdi.

«Vest Hem» autsayder «Vest Bromvich»ni mag‘lub etib, 62 ochko bilan 6-o‘ringa chiqib oldi.

APL, 37-tur, 19 may

Byornli — Liverpul 0:3
Gollar: Firmino (43), Fillips (52), Chemberlen (88).
Bernli – Norris, Teylor, Tarkovski, Louton, Mi, Vestvud, Braunhill, Gudmundsson, Kork (Vidra, 76), Maknil, Vud.
Liverpul – Alisson, Fillips, Uilyams, Aleksander-Arnold, Robertson, Tiago Alkantara, Fabino, Mane (Simikas, 90+2), Veynaldum (Milner, 87), Saloh, Firmino (Oksleyd-Chemberlen, 81).

Kristal Pelas — Arsenal 1:3
Gollar: Benteke (62) — Pepe (35), Martinelli (90+1, 90+5).
Kristal Pelas – Guaita, Keyhill, Tomkins, Mitchell, Uord, Kuyate, Shlupp, Taunsend, Makkarti (Ridevald, 82), Zaa, Benteke (Ayyu, 79).
Arsenal – Leno, Tirni (Jaka, 78), Chembers, Holding, Gabriel, Smit Rou, Saka (Edegor, 65), El-Nenni, Parti (Martinelli, 78), Pepe, Obameyang.

Vest Bromvich — Vest Hem 1:3
Gollar: Pereyra (27) — Souchek (45+1), Ogbonna (82), Antonio (88).
Amalga oshirilmagan penalti: Rays (3).
Vest Bromvich – Jonston, Bartli, Ferlong, Ajayi, Meytlend-Naylz (Diangana, 69), Gallaher, Fillips, Mateus Pereyra, Yoyeushlu (Grant, 85), Taunsend, Robson-Kanu (Dian, 89).
Vest Hem – Rendolf, Ogbonna, Douson, Kressuell, Soufal, Lingard, Fornals (Diop, 89), Rays, Souchek, Benrahma (Bouen, 72), Antonio

image