fbpx Betguru » APL. «Lester» «Kristal Pelas»dan g‘alabani tortib oldi
Thursday, 25 April 2024
← Go to the news

APL. «Lester» «Kristal Pelas»dan g‘alabani tortib oldi

Angliya Premer-ligasi 33-turi doirasidagi so‘nggi uchrashuv yakuniga yetdi.

«Lester» o‘z maydonida «Kristal Pelas»ga qarshi maydonga tushdi. O‘yinning 12-daqiqasida Zaha londonliklarni hisobda oldinga chiqargan bo‘lsa-da, 50-daqiqaga kelib Kastan hisobni tenglashtirdi.

80-daqiqaga kelib Rojers shogirdlari g‘alabani ilib ketishdi. Iheanacho jarima maydonida ichidan chiroyli golga mualliflik qilib, «Lester»ga muhim g‘alabani keltirdi – 2:1.

Natijada «Lester» ochkolari sonini 62taga yetkazib, 3-o‘ringa mustahkam o‘rnashib oldi. «Kristal Pelas» 38 ochko bilan 13-o‘rinda qoldi.

APL. 33-tur

Lester – Kristal Pelas 2:1
Gollar: 0:1 – 12 Zaha, 1:1 – 50 Kastan, 2:1 – 80 Iheanacho.
Lester – Shmeyxel, Tomas (Olbrayton, 70), Suyunju, Fofana, Kastan, Tilemans, Ndidi, Meddison (Peres, 70), Evans, Iheanacho, Vardi.
Kristal Pelas – Guaita, Uord, Denn, van Anxolt, Ridevald (Shlupp, 85), Milivoyevich (Makkarti, 83), Kuyate, Eze, Zaha, Benteke, Ayyu (Taunsend, 78)

image