fbpx Betguru » APL. Chetlatish, dubl, g‘alaba. «Lids» bir kishi kam bo‘lishiga qaramay, «Manchester Siti»ni safarda mag‘lub etdi
Saturday, 27 April 2024
← Go to the news

APL. Chetlatish, dubl, g‘alaba. «Lids» bir kishi kam bo‘lishiga qaramay, «Manchester Siti»ni safarda mag‘lub etdi

Angliya Premer-ligasi 31-turi doirasida «Manchester Siti» kutilmaganda o‘z maydonida «Lids»ga mag‘lubiyatga uchradi.

Uchrashuvning 42-daqiqasida Dallas hisobni ochgan bo‘lsa-da, 45-daqiqada Kuper chetlatilgach Belsa shogirdlari son jihatdan kamchilikda qolishdi.

76-daqiqada Ferran Torres muvozanatni tiklashga erishdi, ammo 90+1-daqiqada yana o‘sha Dallas gol urib, «Lids»ga safarda g‘alaba keltirdi – 1:2.

Natijada «Man Siti» 74 ochko bilan peshqadam sifatida qolgan bo‘lsa, «Lids» 45 ochko bilan 9-o‘ringa ko‘tarildi.

APL. 31-tur
Manchester Siti – Lids 1:2
Gollar: 0:1 – 42 Dallas, 1:1 – 76 Ferran Torres, 1:2 – 90 Dallas.
Manchester Siti – Ederson, Joau Kanselu, Stounz, Ake (Gundo‘g‘an, 58), Zinchenko, Ferran Torres, Fernandino, Sterling, Bernardu Silva, Mendi (Foden, 74), Gabriel Jezus

image