fbpx Betguru » APL. 6ta gol kiritilgan bahsda «MYU» «Liverpul»ga yutqazdi, «Everton»da durang
Thursday, 18 April 2024
← Go to the news

APL. 6ta gol kiritilgan bahsda «MYU» «Liverpul»ga yutqazdi, «Everton»da durang

Angliya Premer-ligasi 34-turining qoldirilgan o‘yini doirasida «MYU» o‘z maydonida «Liverpul»ga qarshi o‘yin o‘tkazdi. Читать на Русском языке

5 kun ichida 3-o‘yinida maydonga tushgan Sulsher shogirdlari Klopp jamoasiga mag‘lub bo‘lishdi. O‘yinda hisob Fernandesh tomonidan ochilgan bo‘lsa-da, Jota farqni yo‘qqa chiqardi. Bo‘lim yakunida esa Firmino mehmonlarni hisobda oldinga chiqardi – 1:2.

Ikkinchi bo‘lim boshida mezbonlarning himoyadagi xatosini Firmino jazosiz qoldirmay, dublga erishdi. Reshfordning golidan keyin mezbonlar yana o‘yinga qaytgandek bo‘lishgandi, biroq 90-daqiqada Saloh qarshi hujumda o‘yin taqdirini hal etdi – 2:4.

Natijada «MYU» 70 ochko bilan 2-o‘rinda qolgan bo‘lsa, «Liverpul» ochkolari sonini 60taga yetkazib, 5-o‘rinda qolgan bo‘lsa-da, YeCHLga chiqish imkoniyatini saqlab qoldi. Jamoa hisobida yana bir zaxira o‘yini bor.

Yana bir bahs «Aston Villa» – «Everton» uchrashuvida hisob ochilmadi.

APL. 34-turining qoldirilgan o‘yini

Manchester Yunayted – Liverpul 2:4
Gollar: 1:0 – 10 Brunu Fernandesh, 1:1 – 34 Diogu Jota, 1:2 – 45 Firmino, 1:3 – 47 Firmino, 2:3 – 68 Reshford, 2:4 – 90 Saloh.
Manchester Yunayted – Henderson, Shou, Lindelef, Bayi (Matich, 86), Uan-Bissaka, Maktomini, Pogba, Fred (Grinvud, 63), Brunu Fernandesh, Kavani, Reshford.
Liverpul – Alisson, Fillips, Uilyams, Aleksander-Arnold, Robertson, Fabino, Veynaldum (Jons, 74), Salax (Uilyams, 90), Tiago Alkantara, Diogu Jota (Mane, 74), Firmino.

19-tur o‘yini

Aston Villa – Everton 0:0

Aston Villa – Martines, Konsa, Targett, Mingz, Kesh (Al-Muxammadi, 45), Duglas Luis, El-Gazi, Barkli (Remzi, 65), Makginn, Traore (Grilish, 72), Devis.
Everton – Pikford, Godfri, Xolgeyt, Din, Koulmen (Ivobi, 75), Dukure, Sigurdsson (Andre Gomesh, 67), Allan, Kin, Risharlison, Kelvert-Lyuin.

image