Angliya 120 daqiqa davom etgan bahsda Daniyani mag‘lub etib, o‘z tarixida ilk bor Yevro finaliga chiqdi
Yevropa chempionatida ikkinchi finalchi nomi ham ma’lum bo‘ldi. Читать на Рус языке
Angliya o‘z maydonida Daniya ustidan irodali g‘alabaga erishib, o‘z tarixida ilk bor qit’a chempionati finaliga yo‘l oldi. Damsgor supergoli bilan hissbni ochgan bo‘lsa, Ker avtogoli bilan muvozanatni tikladi. Asosiy vaqtda kuchlar teng keldi. Qo‘shimcha bo‘limlarning birinchisida Keyn g‘alaba to‘pini kiritdi. E’tiborlisi, inglizlar sardorining penaltidan bergan zarbasini Shmeyxel bartaraf etdi, ammo qaytgan to‘pni Harrining o‘zi darvozaga yo‘lladi.
Shunday qilib 11 iyul kuni «Uembli»da bo‘lib o‘tadigan finalda Angliya va Italiya chempionlik uchun maydonga tushishadi.
Yevro-2020. 1/2 final
Angliya — Daniya 2:1
7 iyul, «Uembli»
Gollar: Ker (39, avtogol), Keyn (104) — Damsgor (30).
Amalga oshirilmagan penalti: Keyn (104).
Angliya – Pikford, Stounz, Uoker, Shou, Maguayr, Saka (Grilish 69, Tripper 106), Rays (Henderson, 95), Maunt (Foden, 95), Fillips, Sterling, Keyn.
Daniya – Shmeyxel, Larsen (Vass, 67), Vestergor (Vind, 105), Ker, Mele, Hyoyberg, Dileyni (Yensen, 88), Damsgor (Poulsen, 67), Kristensen (Andersen, 79), Breytueyt, Dolberg (Nergor, 67).
Ogohlantirishlar: Maguayr (49), Vass (72).