fbpx Betguru » Amerika Kubogi. Braziliya ilk bor ochko yo‘qotdi, Venesuela musobaqani tark etdi (turnir jadvali)
Friday, 19 April 2024
← Go to the news

Amerika Kubogi. Braziliya ilk bor ochko yo‘qotdi, Venesuela musobaqani tark etdi (turnir jadvali)

Amerika Kubogida V guruhida so‘nggi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Читать на Рус языке

Muddatidan avval 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan Braziliya Ekvador bilan bahsda durang o‘ynadi. Militaoning goliga Mena javob berdi.

Peru esa Karriloning goli evaziga Venesuelani mag‘lub etib, 2-o‘rin bilan pley-offga yo‘l oldi. So‘nggi pog‘onani egallagan Venesuela turnir bilan xayrlashdi.

Ma’lumot uchun, ikki guruhdan 4tadan jamoa 1/4 finalga yo‘l oladi. Faqat oxirgi o‘rin egalari musobaqani tark etadi.

A guruhida 5-tur o‘yinlari ertaga, 29 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Boliviya turnirni tark etishi ma’lum bo‘lib ulgurgan.

Amerika Kubogi-2021. V guruhi
5-tur. 28 iyun
Braziliya — Ekvador 1:1
Gollar: Militao (37) — Mena (53).
Braziliya – Alisson, Markinos, Militao, Emerson, Lodi (Danilo, 49), Duglas Luis (Kazemiro, 63), Fabino, Everton (Risharlison, 78), Lukas Paketa (Everton Ribeyro, 78), Gabriel Barboza, Firmino (Vinisius Junior, 63).
Ekvador – Galindes, Arboleda, Inkapie, Palasios (Plata, 72), Estupinyan, Kaysedo (Mena, 17), Franko, Presiado (Pineyda, 84), Mendes, Presiado, Valensiya (Kampana, 83).

Venesuela — Peru 0:1
Gol: Karrilo (48).
Venesuela – Farines, del Pino Mago, Vilyanueva, Ernandes, Rosales (Gonsales, 69), Kasseres (Martines, 59), Moreno, Savarino (Otero, 59), Kastilo (Soteldo, 69), Ferraresi, Kordova (Urtado, 78).
Peru – Galese, Trauko, Arauxo, Kalens (Abram, 27), Korso, Yotun, Kueva (Valera, 83), Tapiya (Kartaxena, 73), Karrilo (Garsiya, 73), Penya, Lapadula (Ormeno, 83).

image