fbpx Betguru » Amerika Kubogi. Argentina Kolumbiyadan penaltilar seriyasida ustun kelib, finalga yo‘l oldi
Saturday, 20 April 2024
← Go to the news

Amerika Kubogi. Argentina Kolumbiyadan penaltilar seriyasida ustun kelib, finalga yo‘l oldi

Amerika Kubogida ikkinchi yarimfinalda Argentina Kolumbiya bilan to‘qnash keldi. O‘yinning asosiy vaqtida durang qayd etildi — Lautaro Martinesning goliga Luish Dias javob berdi. Penaltilar seriyasida «Aston Villa» posboni Emiliano Martines 3ta zarbani qaytardi va jamoasini finalga olib chiqdi. Читать на Рус языке

Argentina 11 iyul kungi finalda mezbon Braziliyaga qarshi o‘ynaydi. Kolumbiya esa 10 iyulda Peru bilan 3-o‘rin uchun bahsda maydonga tushadi.

Amerika Kubogi-2021. 1/2 final
Argentina — Kolumbiya 1:1
Penaltilar seriyasi — 3:2.
7 iyul, Garrincha nomidagi milliy stadion
Gollar: Martines (7) — Dias (61).
Argentina – Martines, Talyafiko, Otamendi, Molina (Montiyel, 46), Petsselya, Lo Chelso (Paredes, 56), de Paul, Rodriges, Gonsales (Di Mariya, 67), Messi, Martines.
Kolumbiya – Ospina, Mina, Munos, Sanches, Tesilo (Fabra, 46), Barrios, Kuelyar (Chara, 46), Kuadrado, Dias, Sapata (Borxa, 60), Borre (Kardona, 46).
Ogohlantirishlar: Lo Chelso (21), Kuadrado (45+4), Fabra (55), Borxa (63), Montiyel (72), Munos (75), Kardona (86), Rodriges (87), Barrios (88), Petsselya (90+1).
Penaltilar seriyasi: Kuadrado (0:1), Messi (1:1), Sanches (1:1, darvozabon), de Paul (1:1, noaniq), Mina (1:1, darvozabon), Paredes (2:1), Borxa (2:2), Martines (3:2), Kardona (3:2, darvozabon).

image