fbpx Betguru » Abramov Yaman bilan o‘yin oldidan: «Masharipovdan yaxshi o‘yin kutaman»
Friday, 26 April 2024
← Go to the news

Abramov Yaman bilan o‘yin oldidan: «Masharipovdan yaxshi o‘yin kutaman»

O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov JCH-2022 saralashidan o‘rin olgan Yamanga qarshi o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Murabbiynig aytishicha, Yamanga qarshi o‘yinda jamoa yetakchilaridan bo‘lgan Jaloliddin Masharipovdan yaxshi o‘yin kutadi. Читать на Рус языке 

«Maqsadimiz o‘zgargani yo‘q, keyingi bosqichga chiqish uchun har bir o‘yinga jiddiy tayyorlanamiz. Bu uchun qolgan o‘yinlarni yutishimiz kerak. Hozir esa faqat Yaman haqida o‘ylayapmiz.

Ertaga stadionda yamanlik muxlislar ko‘p bo‘lsa kerak. Yamanga qarshi o‘yinda Masharipovdan yaxshi o‘yin kutaman, u jamoamiz yetakchilaridan. Buni maydonda ham isbotlashi kerak. Raqib imkon bergan darajada o‘z o‘yinimizni ko‘rsatamiz. Jarohat olgan futbolchilar bor, shu sabab ertaga o‘zgarishlar bo‘lsa kerak», dedi Abramov matbuot anjumanida.

Ma’lumot uchun, Yaman – O‘zbekiston o‘yini 11 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 23:00 da boshlanadi. Guruhdagi oxirgi o‘yinni esa Abramov jamoasi 15 iyun kuni Saudiyaga qarshi o‘tkazadi.

image