fbpx Betguru » A Seriya. «Yuventus» o‘z uyida «Jenoa»ni mag‘lub etdi, Shomurodov zaxiradan maydonga tushdi
Thursday, 25 April 2024
← Go to the news

A Seriya. «Yuventus» o‘z uyida «Jenoa»ni mag‘lub etdi, Shomurodov zaxiradan maydonga tushdi

Italiya chempionatining 30-turida «Yuventus» o‘z maydonida «Jenoa»ni qabul qilib, xuddi birinchi davradagi bo‘lgani kabi 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Kulusevski, Morata va Makkennining gollariga genuyaliklardan Skamakka bir bor javob berdi. Mehmonlar safida o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov 63-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi.

«Yuventus» ochkolarini 62taga yetkazib, 2-o‘rinni saqlab qoldi. «Jenoa» 32 ochko bilan 13-pog‘onaga joylashgan.

A Seriya, 30-tur
Yuventus — Jenoa 3:1
11 aprel, «Alyans Stedium»
Gollar: Kulusevski (4), Morata (22), Makkenni (70) — Skamakka (49).
Yuventus – Shesni, de Ligt, Danilo, Kellini, Kulusevski (Makkenni, 68), Kuadrado (Sandro, 46), Rabo (Remzi, 84), Bentankur, Keza (Artur, 75), Ronaldu, Morata (Dibala, 68).
Jenoa – Perin, Biraski (Gilone, 46), Krishito, Masello, Dzappakosta, Behrami (Pyatsa, 46), Radovanovich, Rovella (Zays, 63), Badel, Skamakka (Melegoni, 70)

image