fbpx Betguru » A Seriya. «Roma» «Verona»ga qarshi o‘yinda mavsumdagi dastlabki mag‘lubiyatni tan oldi
Tuesday, 16 April 2024
← Go to the news

A Seriya. «Roma» «Verona»ga qarshi o‘yinda mavsumdagi dastlabki mag‘lubiyatni tan oldi

Italiya A Seriyasi 4-turi doirasida Rimning «Roma» klubi safarda «Verona» jamoasi mehmoni bo‘ldi.

O‘yinda hisob Pellegrinining ajoyib zarbasidan keyin ochilgan bo‘lsa-da, keyingi daqiqalarda Barak va Kaprari javob gollarini kiritib, mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqishdi. 58-daqiqada Ilichning avtogoli muvozanat tiklanishiga sabab bo‘lgan bo‘lsa, 63-daqiqada Faraonining chiroyli goli «Verona»ga mavsumdagi ilk g‘alabani keltirdi – 3:2.

Yangi bosh murabbiy Igor Tudor debyutidayoq Joze Mourino shogirdlarini mag‘lub etishga erishdi. «Roma» mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qarshi olgan bahsda Shomurodov o‘yinni asosiy tarkibda boshlab, 65-daqiqaga qadar to‘p surdi.

Yana bir o‘yinda «Latsio» «Kalyari»ni qabul qilib, 2:2 hisobida durang qayd etdi.

Natijada, «Inter» 10 ochko bilan 1-o‘rinda qolgan bo‘lsa, «Roma» hozircha 9 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda.

A Seriya. 4-tur
Verona – Roma 3:2
Gollar: 0:1 – 36 Pellegrini, 1:1 – 49 Barak, 2:1 – 54 Kaprari, 2:2 – 58, avtogol Ilich, 3:2 – 63 Faraoni.
Verona – Montipo, Faraoni, Chekkerini (Manyani, 46), Gyunter, Davidovich, Lazovich (Kazale, 83), Bessa (Tamez, 65), Barak, Ilich, Kaprari (Ongla, 78), Simeone (Kalinich, 64).
Roma – Ruy Patrisiu, Karsdorp (Smolling, 78), Manchini, Rojer, Kalafori (Mayoral, 78), Veretu (Karles Peres, 66), Kristante, Pellegrini, Dzanolo (El-Shaaravi, 65), Eldor Shomurodov (Mxitaryan, 65), Abraham.

Latsio – Kalyari 2:2
Gollar: 1:0 – 45 Immobile, 1:1 – 46 Joao Pedro, 1:2 – 62 Keyta Balde, 2:2 – 83 Kataldi.
Latsio – Reyna, Acherbi, Luis Felipe, Xyusay, Leyva (Kataldi, 65), Luis Alberto (Akpa-Akpro, 88), Milinkovich-Savich, Ladzari (Marushich, 74), Pedro (Dzakkani, 65), Immobile, Felipe Anderson (Moro, 88).
Kalyari – Krano, Kaseres (Dzappa, 56), Cheppitelli, Likoyannis (Bellanova, 74), Karboni, Dalbert (Valyukevich, 56), Deyola, Marin, Nandes, Joao Pedro (Pavoletti, 88), Keyta Balde (Pereyro, 74).
Chetlatish: Dzappa (90).

Empoli – Sampdoriya 0:3
Gollar: 0:1 – 31 Kaputo, 0:2 – 52 Kaputo, 0:3 – 70 Kandreva.

Venetsiya – Spetsiya 1:2
Gollar: 0:1 – 13 Bastoni, 1:1 – 59 Chekkaroni, 1:2 – 90 Burabiya.

image