fbpx Betguru » A Seriya. «Roma» va «Napoli» chempionatni g‘alaba bilan boshladi, Shomurodovda assist
Saturday, 27 April 2024
← Go to the news

A Seriya. «Roma» va «Napoli» chempionatni g‘alaba bilan boshladi, Shomurodovda assist

Italiya chempionatining 1-turida «Roma» o‘z maydonida «Fiorentina»ni qabul qilib, keskin kurashlar ostida kechgan bahsda qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Veretuning dubli va Mxitaryanning goliga Milenkovich bir bor javob berdi. Rimliklarning o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov 69-daqiqada Abraham o‘rniga maydonga tushib, 80-daqiqada jamoasining 3-goliga assistentlik qildi.

Turning yana bir bahsida «Napoli» birinchi bo‘limdayoq kamchilikda qolganiga qaramay, «Venetsiya»ni Insine va Elmazning gollari evaziga mag‘lub etdi.

A Seriya. 1-tur. 22 avgust

Roma — Fiorentina 3:1
Gollar: Mxitaryan (24), Veretu (64, 79) — Milenkovich (60).
Roma – Patrisiu, Karsdorp, Manchini, Rojer, Vinya, Mxitaryan (El-Shaaravi, 84), Veretu (Bove, 87), Kristante, Pellegrini (Karles Peres, 84), Dzanolo, Abraham (Shomurodov, 69).
Fiorentina – Drongovski, Venuti (Saponara, 84), Igor Julio, Milenkovich, Biragi, Bonaventura (Benassi, 74), Pulgar, Male (Kastrovilli, 46), Kalexon (Terrachchano, 20), Vlahovich, Gonsales (Sottil, 84).
Chetlatishlar: Dzanolo (52) — Drongovski (17).

Napoli — Venetsiya 2:0
Gollar: Insine (62), Elmaz (73).
Amalga oshirilmagan penalti: Insine (56).
Napoli – Meret, Di Lorenso, Manolas, Kulibali, Mariu Ruy, Lobotka, Zelinski (Elmaz, 35), Fabian Ruis (Gaetano, 72), Insine (Petanya, 85), Politano (Losano, 72), Osimhen.
Venetsiya – Myayenpyaa, Ebuexi, Kaldara, Chekkaroni, Molinaro, Perets (Galatssi, 74), Fordilino (Tessmann, 63), Heymans (Detsi, 74), Di Mariano (Sigurdsson, 63), Forte, Yunsen.
Chetlatishlar: Osimhen (23).

image