fbpx Betguru » A Seriya. «Roma» va «Milan» 4tadan gol urishdi, «Napoli» Genuyada zafar quchdi. Shomurodov zaxiradan maydonga tushdi, Jiruda dubl
Friday, 26 April 2024
← Go to the news

A Seriya. «Roma» va «Milan» 4tadan gol urishdi, «Napoli» Genuyada zafar quchdi. Shomurodov zaxiradan maydonga tushdi, Jiruda dubl

Italiya chempionatida 2-tur bahslari yakuniga yetdi.

«Roma» safarda «Salernitana» darvozasiga javobsiz 4ta to‘p kiritdi. Pellegrini dublga erishgan bo‘lsa, Veretu va Abraham o‘z hisoblariga gol yozdirib qo‘yishdi. Rimliklar safida o‘zbekistonlik forvard Eldor Shomurodov 78-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi.

«Milan» o‘z uyida «Kalyari» ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi. «Rossoneri» safiga yozgi transferlar oynasida kelib qo‘shilgan hujumchi Olive Jiru dublga erishdi.

«Napoli» esa Genuyada «Jenoa»ni qiyinchilik bilan mag‘lub etdi.

G‘alabadan so‘ng uchala jamoada ham ochkolar 6taga yetdi. To‘plar nisbatiga ko‘ra «Roma» ikkinchi, «Milan» to‘rtinchi, «Napoli» beshinchi o‘ringa joylashgan.

A Seriya. 2-tur. 29 avgust

Salernitana — Roma 0:4
Gollar: Pellegrini (48, 79), Veretu (52), Abraham (69).
Salernitana – Belets, Ayya, Domber, Yaroshinski (Skyavone, 84), Rujeri, Kulibali, Obi (Kapetssi, 68), Di Takko, Kulibali (Nvankvo, 56), Keshrida (Dzortea, 68), Bonatssoli (Kristofersen, 84).
Roma – Patrisiu, Karsdorp, Manchini, Rojer, Vinya (Kalafori, 83), Mxitaryan (El-Shaaravi, 70), Veretu (Diavara, 83), Kristante, Pellegrini, Abraham (Mayoral, 83), Peres (Shomurodov, 78).

Milan — Kalyari 4:1
Gollar: Tonali (12), Leau (17), Jiru (24, 43 penalti) — Deyola (15).
Milan – Menyan, Kalabriya, Ker, Tomori, Ernandes, Krunich, Salemakers (Florensi, 68), Tonali (Binnosir, 68), Jiru (Kastilexo, 90+2), Leau (Rebich, 68), Dias (Maldini, 85).
Kalyari – Radunovich, Godin, Cheppitelli (Dzappa, 64), Karboni, Dalbert (Likoyannis, 75), Nandes, Strotman (Farias, 75), Deyola (Pereyro, 85), Marin, Joao Pedro, Pavoletti (Valensia, 85).

Jenoa — Napoli 1:2
Gollar: Kambyazo (69) — Ruis (39), Petanya (84).
Jenoa – Sirigu, Gilone (Behrami, 83), Krishito, Biraski, Vanxoysden (Masello, 67), Kambyazo, Badel, Sturaro (Kallon, 67), Rovella, Ernani (Pandev, 46), Ekuban (Buksa, 46).
Napoli – Meret, Di Lorenso, Manolas, Kulibali, Mariu Ruy (Jezus, 90), Lobotka, Fabian Ruis, Elmaz (Gaetano, 90), Insine, Politano (Petanya, 82), Losano (Unas, 70).

Sassuolo — Sampdoriya 0:0
Sassuolo – Konsili, Tolyan, Kirikesh, Ferrari, Rojerio, Jurichich, Lopes, Boga (Traore, 87), Frattezi (Manyanelli, 86), Kaputo (Defrel, 68), Raspadori (Skamakka, 78).
Sampdoriya – Audero, Bereshinski, Yoshida, Kolli, Aujello, Ekdal (Adriyen Silva, 85), Kandreva, Verre (Askildsen, 66), Torsbyu, Damsgor (Depaoli, 85), Kualyarella.

image