fbpx Betguru » A Seriya. «Roma» autsayderni tor-mor etdi, Mayoral va Pellegrinida dubl
Friday, 26 April 2024
← Go to the news

A Seriya. «Roma» autsayderni tor-mor etdi, Mayoral va Pellegrinida dubl

Italiya chempionatining 35-turida «Roma» so‘nggi pog‘onadagi «Krotone» darvozasiga javobsiz 5ta to‘p kiritdi. Mayoral va Pellegrini dublga erishgan bo‘lsa, yana bir gol Mxitaryan hisobiga yozildi.

«Roma» ochkolarini 58taga yetkazib, 7-o‘ringa qaytdi. V Seriyaga tushib ketishi ma’lum bo‘lgan «Krotone» 18 ochko bilan 20-pog‘onada qoldi.

A Seriya, 35-tur

Roma — Krotone 5:0
9 may, «Olimpiko»
Gollar: Mayoral (47, 90), Pellegrini (70, 73), Mxitaryan (78).
Roma – Fuzato, Karsdorp, Rojer (Jezus, 46), Reynolds (Santon, 59), Kumbula, Kristante (Zalevski, 80), Pellegrini, Darbo (Bove, 80), Mxitaryan, Pedro (Pastore, 67), Mayoral.
Krotone – Kordats, Magalyan, Golemich, Jiji, Retsa (Rispoli, 46), Benali (Dzanellato, 72), Molina, Unas (River, 87), Chigarini (Petrichchone, 72), Junior Messias, Nvankvo.
Ogohlantirishlar: Darbo (54), Kristante (62).

image