fbpx Betguru » A Seriya. «Napoli» yirik g‘alaba bilan 2-o‘ringa ko‘tarildi, «Udineze»da durang
Friday, 26 April 2024
← Go to the news

A Seriya. «Napoli» yirik g‘alaba bilan 2-o‘ringa ko‘tarildi, «Udineze»da durang

Italiya A Seriyasi 35-turi doirasidagi ikki o‘yin yakuniga yetdi.

Gattuzo qo‘l ostidagi «Napoli» safarda «Spetsiya» ustidan yirik 4:1 hisobida zafar quchdi. Neapolliklar safida Osimxen dublga erishdi.

«Udineze» esa o‘z maydonida «Bolonya» bilan durang qayd etdi – 1:1.

Natijada «Napoli» 70 ochko bilan hozircha 2-o‘ringa chiqib olgan bo‘lsa, «Udineze» 40 ochko bilan 11-o‘rinda qoldi.

A Seriya. 35-tur

Spetsiya – Napoli 1:4
Gollar: 0:1 – 15 Zelinski, 0:2 – 23 Osimxen, 0:3 – 44 Osimxen, 1:3 – 64 Pikkoli, 1:4 – 79 Losano.
Spetsiya – Provedel, Ismaili, Vinyali, Markitssa, Shabo, Agudelo (Saponara, 78), Richchi, Verde (Pikkoli, 46), Esteves (Akampora, 78), Djasi (Farias, 68), Madjore.
Napoli – Meret, Rahmoni, Hyusay (Mariu Ruy, 69), Di Lorenso, Manolas, Demme, Zelinski (Mertens, 69; Elmaz, 76), Politano (Losano, 76), Fabian Ruis, Insine, Osimxen (Petanya, 84).

Udineze – Bolonya 1:1
Gollar: 1:0 – 23 de Paul, 1:1 – 82, penalti Orsolini.
Udineze – Musso, Larsen, Bonifatsi, Rodrigo Bekao (De Mayo, 42), Molina, Arslan (Foresteri, 83), de Paul, Pereyra, Uolas, Nyuytink, Okaka Chuka.
Bolonya – Skorupski, Larangeyra, Sumaoro, Tomiyasu, Deyks (Djuvara, 80), Sxauten (Svanberg, 61), Soriano, Olsen (Orsolini, 61), Vinyato (Poli, 80), Barrou (Sansone, 61), Palasio

image