fbpx Betguru » A Seriya. «Milan» Turinda yirik hisobda g‘alaba qozonib 3-o‘ringa ko‘tarildi, «Yuve» esa 5-pog‘onaga tushdi
Thursday, 25 April 2024
← Go to the news

A Seriya. «Milan» Turinda yirik hisobda g‘alaba qozonib 3-o‘ringa ko‘tarildi, «Yuve» esa 5-pog‘onaga tushdi

Italiya chempionatining 35-turidan o‘rin olgan markaziy bahsda «Yuventus» o‘z maydonida «Milan»ga yirik hisobda yutqazib qo‘ydi. Braim Dias, Ante Rebich va Fikayo Tomorining gollari «rossoneri»ga muhim 3 ochkoni keltirdi.

«Milan» ochkolarini 72taga yetkazib, 3-o‘ringa chiqib oldi. 69 ochkoga «Yuve» 5-pog‘onaga tushdi.

A Seriya, 35-tur

Yuventus — Milan 0:3
9 may, «Alyans Stedium»
Gollar: Dias (45+1), Rebich (78), Tomori (82).
Amalga oshirilmagan penalti: Kessie (58).
Yuventus – Shesni, Kellini, Sandro, de Ligt, Makkenni, Kuadrado, Bentankur (Kulusevski, 67), Rabo, Keza (Dibala, 79), Ronaldu, Morata.
Milan – Donnarumma, Kalabriya, Tomori, Ker, Teo, Chalxono‘g‘li, Binnosir (Dalot, 82), Kessie, Salemakers (Meyte, 82), Braim Dias (Krunich, 70), Ibrahimovich (Rebich, 66).
Ogohlantirishlar: Keza (53), Kellini (57), Braim Dias (59), Salemakers (76)

image