Sunday, 26 June 2022
← Go to the news

A Seriya. «Milan» Shevchenkoning «Jenoa»sini yirik hisobda yengdi, «Napoli» «Sassuolo» bilan o‘yinda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

Italiya chempionatining 15-turida peshqadam «Napoli» (36, 1-o‘rin) safarda «Sassuolo»ga (19, 12-o‘rin) qarshi dramatik bahsda ikki to‘p farqida hisobda oldinda borayotganiga qaramay, g‘alabani boy berdi. Ruis va Mertensning gollariga Skamakka hamda Ferrari javob berdi.

«Milan» Genuyada sobiq hujumchisi Andrey Shevchenko boshqarayotgan «Jenoa» (10, 18-o‘rin) darvozasiga javobsiz 3ta to‘p kiritib, 35 ochko bilan 2-o‘ringa qaytdi. Ibrahimovich jarimadan hisobni ochgan bo‘lsa, Messias dublga erishdi.

A Seriya. 15-tur. 1 dekabr
Sassuolo — Napoli 2:2
Gollar: Skamakka (72), Ferrari (89), Ruis (51), Mertens (60).
Sassuolo – Konsili, Tolyan, Kirikesh, Ferrari, Rojerio (Kiriopulos, 61), Lopes, Frattezi (Harrui, 77), Traore (Enrike, 61), Berardi, Skamakka, Raspadori (Defrel, 88).
Napoli – Ospina, Di Lorenso, Kulibali (Juan, 80), Rraxmani, Mariu Ruy, Lobotka, Zelinski, Fabian Ruis (Politano, 66), Mertens (Petanya, 66), Insine, Losano (Demme, 73).

Jenoa — Milan 0:3
Gollar: Ibrahimovich (10), Messias (45+2, 61).
Jenoa – Sirigu, Gilone, Masello (Bani, 77), Vanxoysden, Vaskes, Kambyazo, Badel (Galdames, 62), Sturaro (Ernani, 46), Rovella (Portanova, 77), Ekuban, Byanki (Pandev, 62).
Milan – Menyan, Kalulu, Ker (Gabbiya, 5; Florensi, 46), Tomori, Ernandes, Krunich, Kessie, Tonali (Salemakers, 77), Ibrahimovich (Pellegri, 60), Braim Dias (Bakayoko, 77), Messias.