fbpx Betguru » A Seriya. «Latsio» «Udineze»ga qarshi 8ta gol urilgan dramatik bahsda 90+9-daqiqada g‘alabani boy berdi
Tuesday, 16 April 2024
← Go to the news

A Seriya. «Latsio» «Udineze»ga qarshi 8ta gol urilgan dramatik bahsda 90+9-daqiqada g‘alabani boy berdi

Italiya chempionatida 15-turdan o‘rin olgan so‘nggi ikki o‘yin bo‘lib o‘tdi.

«Latsio» (22, 9-o‘rin) «Udineze»ni (16, 14-o‘rin) qabul qilib, gollar va qizil kartochkalarga boy o‘yinda 90+9-daqiqada g‘alabani qo‘ldan chiqardi.

Turning yana bir bahsida «Empoli» (20, 11-o‘rin) Turinda «Torino» (18, 13-o‘rin) bilan jangovar durang qayd etdi.

A Seriya. 15-tur. 2 dekabr

Latsio — Udineze 4:4
Gollar: Immobile (34), Pedro (51), Milinkovich-Savich (56), Acherbi (82) — Betu (17, 32), Molina (44), Arslan (90+9).
Latsio – Reyna, Acherbi, Gabarron, Hyusay, Luis Alberto (Bashich, 64), Kataldi (Dzakkani, 78), Milinkovich-Savich, Ladzari, Pedro, Immobile, Felipe Anderson (Radu, 59).
Udineze – Silvestri, Molina, Peres, Samir (Foresteri, 87), Rodrigo Bekao (Nyuytink, 75), Udoji, Yayalo (Arslan, 63), Uolas, Saksess (Pussetto, 63), Betu, Deulofeu (Soppi, 75).
Ogohlantirishlar: Rodrigo Bekao (29), Gabarron (37), Immobile (40), Molina (53), Soppi (90+8), Udoji (90+9).
Chetlatishlar: Patrik (57), Molina (69), Uolas (90+10).

Torino — Empoli 2:2
Gollar: Pobega (10), Pyatsa (15) — Romanoli (34), La Mantia (72).
Torino – Milinkovich-Savich, Singo, Buonjorno, Bremer, Zima, Ayna (Isso, 90+1), Prat (Rinkon, 74), Lukich, Pobega, Pyatsa (Voyvoda, 35), Sanabriya (Dzadza, 75).
Empoli – Vikario, Stoyanovich, Romanoli, Luperto, Markitssa (Parizi, 61), Henderson, Bandinelli (Bayrami, 53), Jurkovski (Xaas, 61), Richchi, Di Franchesko (La Mantiya, 62), Pinamonti (Mankuzo, 88).
Ogohlantirishlar: Bandinelli (45), Ayna (50), Markitssa (57), Luperto (90+4).
Chetlatish: Singo (32).

image