fbpx Betguru » A Seriya. «Jenoa» «Milan»ga mag‘lub bo‘ldi, Shomurodov zaxiradan maydonga tushdi
Thursday, 18 April 2024
← Go to the news

A Seriya. «Jenoa» «Milan»ga mag‘lub bo‘ldi, Shomurodov zaxiradan maydonga tushdi

Italiya A Seriyasi 31-turi doirasida «Jenoa» safarda «Milan»ga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvning 13-daqiqasida Rebich hisobni ochgan bo‘lsa, 37-daqiqada Destro farqni yo‘qqa chiqardi – 1:1.

68-daqiqada esa Skamakka kutilmaganda o‘z darvozasiga avtogol kiritib, milanliklarning hisobda oldinga chiqib olishiga sabab bo‘ldi – 2:1.

74-daqiqada Ballardini Skamakka o‘rniga Eldor Shomurodovni maydonga tushirdi. Shunga qaramay, yakunda Janlukaning avtogoli «Jenoa»ning mag‘lubiyatiga sabab bo‘ldi.

Natijada milanliklar 66 ochko bilan 2-o‘rinda qolgan bo‘lishsa, genuyaliklar 32 ochko bilan 14-o‘rindan joy olgan.

A Seriya. 31-tur
Milan – Jenoa – 2:1
Gollar: 1:0 – 13 Rebich, 1:1 – 37 Destro, 2:1 – 68, avtogol Skamakka.
Milan – Donnarumma, Ker, Teo, Tomori, Kalulu (Diogu Dalot, 62), Salemakers (Braim Dias, 63), Bennaser (Tonali, 74), Chalxono‘g‘lu, Kessie, Rebich, Rafael Leau (Manjukich, 63).
Jenoa – Perin, Gilone (Biraski, 57), Masello, Goldaniga, Strotman (Bexrami, 83), Radovanovich, Zays, Badel, Kassata (Pandev, 74), Destro (Pyatsa, 57), Skamakka (Shomurodov, 74).

image