fbpx Betguru » A Seriya. «Inter» murosasiz «jang»da peshqadam «Napoli»ni mag‘lubiyatga uchratdi
Thursday, 25 April 2024
← Go to the news

A Seriya. «Inter» murosasiz «jang»da peshqadam «Napoli»ni mag‘lubiyatga uchratdi

Italiya chempionatining 13-turidan o‘rin olgan markaziy bahsda «Inter» Milanda peshqadam «Napoli» ustidan g‘alabaga erishdi. Mezbonlardan Chalxono‘g‘li,  Perishich va Martines, mehmonlardan Zelinski va Mertens to‘p kiritishdi.

Neapol klubining mag‘lubiyatidan so‘ng top-5  ligada yutqazmagan jamoa qolmadi.

G‘alabadan so‘ng «Inter» ochkolarini 28taga yetkazib, 3-o‘rinni mustahkamlab oldi va «Napoli» hamda «Milan» (32tadan) bilan o‘rtadagi farqni 4 ochkoga qisqartirdi.

 A Seriya.  13-tur
Inter — Napoli 3:2
21 noyabr, «Juzeppe Meatssa»
Gollar: Chalxono‘g‘li (25, penalti), Perishich (44), Martines (61) — Zelinski (17), Mertens (78).
Inter – Handanovich, Darmian, Ranokkiya, Shkrinyar, Bastoni, Perishich (Satriano, 89), Brozovich, Chalxono‘g‘li (Vidal, 62), Barella (Dimarko, 75), Korrea (Jeko, 62), Martines (Galyardini, 75).
Napoli – Ospina, Di Lorenso, Kulibali, Rrahmani, Ruy, Zelinski, Ruis, Zambo-Angissa, Insine (Mertens, 75), Losano (Elmaz, 75), Osimhen (Petanya, 55).
Ogohlantirishlar: Osimhen (10), Kulibali (24), Rrahmani (35), Chalxono‘g‘li (41), Vidal (72), Handanovich (84), Jeko (90+3).

Ishonchli bukmeker

image