fbpx Betguru » A Seriya. «Inter» «Bolonya»ga 6ta gol urib 1-o‘ringa chiqib oldi, Jekoda dubl
Friday, 26 April 2024
← Go to the news

A Seriya. «Inter» «Bolonya»ga 6ta gol urib 1-o‘ringa chiqib oldi, Jekoda dubl

Italiya chempionatining 4-turida amaldagi chempion «Inter» o‘z maydonida «Bolonya»ni qabul qilib, raqib darvozasiga 6ta to‘p kiritdi. Jeko dublga erishgan bo‘lsa, Martines, Shkrinyar, Barella va Vesino ham o‘z hisoblariga gol yozdirib qo‘yishdi.

«Inter» ochkolarini 10taga yetkazib, hozircha 1-o‘ringa chiqib oldi. 7 ochkoga ega «Bolonya» 7-o‘ringa tushdi.

A Seriya. 4-tur
Inter — Bolonya 6:1
18 sentyabr, «Juzeppe Meatssa»
Gollar: Martines (6), Shkrinyar (30), Barella (34), Vesino (54), Jeko (63, 68) — Teate (86).
Inter – Handanovich, Dumfris, de Vrey (Ranokkiya, 67), Shkrinyar, Bastoni (Kolarov, 74), Dimarko, Brozovich (Galyardini, 74), Vesino, Barella, Korrea (Jeko, 29), Martines (Sanches, 67).
Bolonya – Skorupski, de Silvestri (Teate, 74), Medel, Bonifatsi, Xiki (Deyks, 56), Soriano, Svanberg (Vinyato, 56), Dominges (van Hoydonk, 69), Arnautovich, Sansone (Barrou, 56), Olsen.
Ogohlantirishlar: de Silvestri (23), Xiki (36), Deyks (83).

image