fbpx Betguru » Halk va Diyego Kosta o‘ynaydigan «Atletiko Mineyro» 50 yildan so‘ng Braziliya chempioniga aylandi
Tuesday, 16 April 2024
← Go to the news

Halk va Diyego Kosta o‘ynaydigan «Atletiko Mineyro» 50 yildan so‘ng Braziliya chempioniga aylandi

«Atletiko Mineyro» Braziliya chempionati 32-turining qoldirilgan bahsida safarda «Baiya»ni (3:2) mag‘lub etdi va finishga ikki tur qolganida muddatidan avval mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi.

Klub o‘z tarixida 2-bor Braziliyada tengsiz bo‘ldi. Ilk chempionlikka 1971 yilda erishilgan.

«Atletiko Mineyro»da «Portu» va «Zenit» klublarining sobiq hujumchisi Halk, «Atletiko» M va «Chelsi»ning sobiq forvardi Diyego Kosta o‘ynaydi. Halk 34ta bahsda 18ta gol urib, chempionat to‘purar bo‘lib turibdi.

image