fbpx Betguru » Kerrik «MYU»ni tark etganini e’lon qildi
Thursday, 25 April 2024
← Go to the news

Kerrik «MYU»ni tark etganini e’lon qildi

Maykl Kerrik «MYU»ni tark etishga qaror qildi.

Murabbiy APL 14-turidan o‘rin olgan «Arsenal»ga (3:2) qarshi o‘yindan so‘ng qarorini e’lon qildi. Shu tariqa u yangi bosh murabbiy Ralf Rangnik shtabida ishlamaydi.

Anggliyalik murabbiy Ole-Gunnar Sulsher iste’fosidan keyin jamoani 3ta o‘yinda boshqarib, 2 g‘alaba va 1 durang qayd etdi.

Kerrik 15 yildan beri «MYU»da edi. U 2006 yildan 2018 yilgacha jamoa tarkibida o‘ynab, 5 bor APLda va 2008 yilda YeCHLda g‘olib bo‘ldi. 2018 yildan esa murabbiylik faoliyatini boshlab, dastlab Joze Mourinoga, so‘ng Sulsherga yordamchilik qildi.

«Bu ajoyib klubda o‘tkazgan vaqtim men uchun faoliyatimdagi eng yaxshisi bo‘lib qoladi. 15 yil avval shartnoma imzolaganimda, hatto orzularimda ham bunchalik ko‘p sovrinlar yutishimni tasavvur qila olmasdim.

Albatta, futbolchilik va murabbiylikdagi ajoyib xotiralarni hech qachon ununtmayman. Uzoq o‘ylagach, klubni tark etishning ayni vaqti degan qarorga keldim», — deya Kerrikning so‘zlarini keltiradi klub rasmiy sayti

image