fbpx Betguru » Sulsher: «Chempionlar Ligasida raqibga 3ta golli ustunlik berib, kambekni o‘ylash mumkin emas»
Thursday, 25 April 2024
← Go to the news

Sulsher: «Chempionlar Ligasida raqibga 3ta golli ustunlik berib, kambekni o‘ylash mumkin emas»

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher YeCHLning 6-turidan o‘rin olgan «Leypsig»ga (2:3) qarshi bahsdan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«O‘ynashni juda kech boshladik. Yana yaxshi kayfiyat va kambek bo‘lishi mumkin edi. Lekin bu yerda APLdagi kabi o‘ynash, raqibga 3ta golli ustunlik berish mumkin emas. O‘yin so‘ngida omadimiz kelmadi.

Albatta, yetarlicha yaxshi o‘ynadik, deb ayta olmayman. Qiyin guruhda edik. Eng muhim mag‘lubiyat «Istanbul» (1:2) bilan bahsda bo‘ldi. U yerda qo‘lga kiritishimiz kerak bo‘lgan ochkolarni yo‘qotdik.

Pley-offga yaqin edik. Jarima maydonchasi ichiga bo‘ladigan uzatmalardan himoyalanishimiz kerakligini bilardik, ammo dosh bera olmadik. O‘zimizga achinishimiz kerak emas. Bir necha daqiqa xafa bo‘lamiz va bor e’tiborimizni shanba kungi («Manchester Siti» bilan) o‘yinga qaratamiz», – deya Sulsherning so‘zlarini keltiradi BT Sport.

image