fbpx Betguru » Ronaldu: «Shunday o‘ynasak, mavsum oxirigacha biz qo‘rqadigan narsa bo‘lmaydi»
Friday, 19 April 2024
← Go to the news

Ronaldu: «Shunday o‘ynasak, mavsum oxirigacha biz qo‘rqadigan narsa bo‘lmaydi»

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu ECHLning 6-turidan o‘rin olgan «Barselona»ga (3:0) qarshi bahsdan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Ispaniyaga va Kataloniyaga qaytish har doim juda zo‘r. «Kamp Nou»da men duch kelgan eng yaxshi jamoalardan biriga qarshi o‘ynash har doim qiyin. Bugun chempionlar jamoasi bo‘la oldik!

Haqiqiy, mustahkam va do‘stona oila! Shunday o‘ynasak, mavsum oxirigacha biz qo‘rqadigan narsa bo‘lmaydi. Olg‘a, yigitlar! Davom etamiz, Yuventus!» – deb yozadi Ronaldu «instagram»dagi sahifasida.

Turin klubi ushbu g‘alabadan so‘ng 1/8 finalga 1-o‘rin bilan yo‘llanma oldi

image