Ronaldu: «Barselona ustidan qozonilgan g‘alaba juda muhim bo‘ldi»
«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu A Seriyaning 11-turidan o‘rin olgan «Jenoa»ga (3:1) qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik 35 yoshli futbolchi ushbu bahsda dublga erishdi.
«Maqsadimiz har doim g‘alaba qozonishdir. O‘yin qiyin kechdi. Shaxsiy yutuqlar yoqimli, ammo maqsad – jamoa uchun 3 ochko keltirish.
«Barselona» ustidan qozonilgan g‘alaba (3:0) juda muhim bo‘ldi, chunki safarda bunday raqibni mag‘lub etish futbolchilarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi. Buni bugun ham ko‘rdik.
Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘lish har doim qiyin. Murabbiy A Seriyaga bo‘lgan qarashlarimizni o‘zgartirish kerakligini anglashimizga yordam berdi.
«Yuventus»ning har yilgi maqsadi – Skudetto va Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘lish. Bu turnirlarda faqat bir jamoa g‘alaba qozonishi mumkin. Bundan keyin ham muhim g‘alabalarga ishonishimiz va ularni orzu qilishimiz mumkin»
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan