← Go to the news
08.12.2020
110
Milan» A Seriyada so‘nggi 65 yildagi eng yaxshi startini qayd etdi
«Milan» Italiya chempionatining 10-turidan safarda «Sampdoriya»ni (2:1) mag‘lub etdi.
Opta Paolo’ning yozishicha, dastlabki 10ta turda 8 bor g‘alaba qozongan «rossoneri» so‘nggi 65 yildagi eng yaxshi startini qayd etdi. Klub tarixidagi eng yaxshi start 1954/55 yilgi mavsumga to‘g‘ri keladi: dastlabki 10 o‘yinda 9 g‘alaba.
«Milan» 10ta o‘yindan so‘ng 26 ochko to‘plab, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Jamoa A Seriya doirasida 22 o‘yindan beri mag‘lubiyat nimaligini bilmayapti.