fbpx Betguru » Liga 1. «PSJ» o‘z uyida «Lion»ga yutqazib, 3-o‘ringa tushib ketdi
Saturday, 20 April 2024
← Go to the news

Liga 1. «PSJ» o‘z uyida «Lion»ga yutqazib, 3-o‘ringa tushib ketdi

Fransiya chempionatining 14-turidan o‘rin olgan markaziy bahsda «PSJ» o‘z maydonida «Lion»ga minimal hisobda imkoniyatni boy berdi. Kadeverening goli mehmonlarga muhim g‘alabani taqdim etdi.

«Lion» ochkolarini 29taga yetkazib, 2-o‘ringa chiqib oldi. 28 ochkosi bor «PSJ» esa 3-pog‘onaga tushib ketdi.

Liga 1, 14-tur

PSJ – Lion 0:1
13 dekabr, «Park de Prens»
Gol: Kadevere (35).
PSJ – Navas, Bakker, Diallo (Kerer, 29), Kimpembe, Florensi, Danilu Pereyra, Paredes (Errera, 64), Verratti (Guye, 65), Di Mariya (Mbappe, 65), Ken (Rafinya, 73), Neymar.
Lion – Antoni Lopesh, Marselo, Denayer, Dyubua (De Shilo, 65), Lukas Paketa (Kakre, 88), Tiago Mendes, Auar (Bruno Gimaraes, 78), Korne, Kadevere (Diomande, 77), Depay (Dembele, 78), Toko-Ekambi.
Chetlatish: Tiago Mendes (90+8).

image