fbpx Betguru » Bundesliga. «Volfsburg» Veghorstning dubli evaziga «Ayntraxt» ustidan irodali g‘alabaga erishdi
Friday, 26 April 2024
← Go to the news

Bundesliga. «Volfsburg» Veghorstning dubli evaziga «Ayntraxt» ustidan irodali g‘alabaga erishdi

Germaniya chempionatining 11-turidan o‘rin olgan dastlabki o‘yinda «Volfsburg» o‘z uyida «Ayntraxt» ustidan irodali g‘alabaga erishdi. Dostning goliga Veghorst dubli bilan javob berdi.

«Volfsburg» ochkolarini 21taga yetkazib, 4-o‘ringa chiqib oldi. «Ayntraxt» 13 ochko bilan 9-pog‘onani egallab turibdi.

Bundesliga, 11-tur

Volfsburg – Ayntraxt 2:1
11 dekabr, «Folksvagen-Arena»
Gollar: Veghorst (76 penalti, 88) – Dost (63, penalti).
Volfsburg – Kastels, Mbabu, Bruks, Lakrua, Russiyon, Arnold, Shlager, Brekalo (Byalek, 70), Filipp (Klaus, 90), Baku (Villiam, 90), Vegorst.
Ayntraxt – Trapp, Durm (da Koshta, 85), Abraam, Hinteregger, Ndika, Kostich, Rode (Barkok, 85), Ilzanker (Yunes, 90), Sou, Kamada, Dost.

image