fbpx Betguru » APL. Ellardaysda omadsiz debyut. «Vest Bromvich» o‘z uyida «Aston Villa» yirik hisobda yutqazdi
Friday, 19 April 2024
← Go to the news

APL. Ellardaysda omadsiz debyut. «Vest Bromvich» o‘z uyida «Aston Villa» yirik hisobda yutqazdi

Premer-liganing 14-turida autsayderlar qatorida borayotgan, Slaven Bilichning o‘rniga Sem Ellardaysni bosh murabbiy etib tayinlagan «Vest Bromvich» o‘z maydonida «Aston Villa»dan javobsiz 3ta to‘p o‘tkazdi. Birmingemliklar safida El-G‘ozi dublga erishgan bo‘lsa, yana bir gol Traore hisobiga yozildi.

«Aston Villa» ochkolarini 22taga yetkazib, 9-o‘ringa chiqib oldi. 7 ochkosi bor «Vest Bromvich» 19-pog‘onada qoldi.

APL, 14-tur

Vest Bromvich – Aston Villa 0:3
20 dekabr, «Hotorn»
Gollar: El-G‘ozi (5, 88 penalti), Traore (84).
Vest Bromvich – Jonston, O`Shi, Gibbs, Ajayi, Ferlong, Gallaher, Diangana (Ivanovich, 78), Soyers, Fillips (Ostin, 77), Livermor, Grant (Robinson, 83).
Aston Villa – Martines, Hoz, Mingz, Targett, Kesh, Grilish, El-G‘ozi, Makginn, Duglas Luis, Traore, Uotkins.
Chetlatish: Livermor (36).

image