fbpx Betguru » APL. «Arsenal» Obameyangning avtogoli evaziga «Byornli»ga yutqazdi, «Lester» yirik hisobda g‘alaba qozondi
Thursday, 25 April 2024
← Go to the news

APL. «Arsenal» Obameyangning avtogoli evaziga «Byornli»ga yutqazdi, «Lester» yirik hisobda g‘alaba qozondi

Premer-liganing 12-turida «Arsenal» o‘z maydonida autsayderlardan biri «Byornli»ni qabul qilib, minimal hisobda mag‘lubiyatga uchradi va g‘alabasiz seriyasini 5ta o‘yinga yetkazdi. «To‘pchilar» safida Jaka 57-daqiqada qizil kartochka oldi, 73-daqiqada esa Obameyang o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘ydi.

Turning yana bir bahsida «Lester» «Brayton»ga javobsiz 3ta gol urdi. Meddison dublga erishgan bo‘lsa, yana bir gol Vardi hisobiga yozildi.

12-turdan so‘ng «Arsenal» 13 ochko bilan 15-pog‘ona qoldi. «Lester» ochkolarini 24taga yetkazib 3-o‘ringa chiqib oldi.

APL, 12-tur, 13 dekabr

Arsenal – Byornli 0:1
Gol: Obameyang (73, avtogol).
Arsenal – Leno, Belerin (Meytlend-Naylz, 74), Tirni, Holding, Gabriel, Jaka, Saka, El-Nenni, Villian (Nketia, 82), Obameyang, Lyakazett (Sebalos, 60).
Byornli – Poup, Mi, Louton, Tarkovski, Teylor, Vestvud, Breydi, Braunhill, Maknil, Rodriges (Barns

image