Thursday, 26 May 2022
← Go to the news

Angliya liga kubogi. Kavani va Marsiyalning so‘nggi daqiqalardagi gollari «MYU»ni yarimfinalga olib chiqdi

Angliya liga kubogi so‘nggi chorakfinali doirasida «MYU» safarda «Everton»ni mag‘lub etdi.

Butun o‘yin davomida Anchelotti jamoasidan ustun bo‘lgan Sulsher jamoasi 88-daqiqada Kavanining goli evaziga hisobni ochgan bo‘lsa, 90+6-daqiqada Marsiyal o‘yindagi ikkinchi golni ham urib «Yunayted»ni ishonchli g‘alaba evaziga yarimfinalga olib chiqdi.

Angliya liga kubogi. Chorakfinal.

Everton – Manchester Yunayted 0:2
Gollar: Kavani 88, Marsiyal 90+6.
Everton – Olsen, Koulmen, Godfri, Mina, Kin, Ivobi, Sigurdsson, Dukure, Andre Gomesh (Devis, 58), Kelvert-Lyuin, Risharlison (Bernard, 56).
Manchester Yunayted – Xenderson, Telles, Bayi, Maguayr, Tuanzebe, Pogba, Matich, Brunu Fernandesh, van de Bek (Marsyal, 67), Kavani, Grinvud (Reshford, 67).