fbpx Betguru » Olise dastlabki 50 o‘yinida assistlar bo‘yicha Bundesliga rekordini yangiladi
Monday, 19 January 2026
← Go to the news

Olise dastlabki 50 o‘yinida assistlar bo‘yicha Bundesliga rekordini yangiladi

Uchrashuvda «Bavariya» o‘ta yirik hisobda zafar quchdi.

Olise dastlabki 50 o‘yinida assistlar bo‘yicha Bundesliga rekordini yangiladi

Myunxenning «Bavariya» klubi vingeri Maykl Olise Germaniya chempionati 16-turi doirasidagi «Volfsburg»ga qarshi bahsda (8:1) golli uzatma berdi.

30-daqiqada Luis Dias aynan fransiyalik futbolchining uzatmasidan keyin gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Shu tariqa, Maykl Bundesligada dastlabki 50 o‘yinda golli uzatmalar soni bo‘yicha chempionat rekordini yangiladi. Olise bu vaqt oralig‘ida 24 bor sheriklariga golli uzatma bergan. 2004/2005-yilgi mavsumdan buyon hech bir debutant bu kabi statistika bilan maqtana olmaydi.

Ushbu mavsum vinger barcha musobaqalarning 25 o‘yinida maydonga tushdi va 11 ta gol urib, 13 ta assist berdi. 23 yoshli futbolchi «Bavariya»ga 2024 yilning yozida «Kristal Pales»dan kelib qo‘shilgandi. Debyut mavsumida u 55 o‘yinda 20 ta gol urib, 23 ta samarali uzatma bergan edi.

Kuni kecha «Bavariya» Harri Keyn bilan shartnoma muddati uzaytirilishiga ishonayotganini haqida xabar bergandik.

image