«Pepda 71,6%, Fergyusonda 58,1%» — «Siti» matbuot xizmati jamoa ustozining natijalarini boshqa murabbiylar bilan taqqosladi
«Shaharliklar» Gvardiolaning eng yaxshi murabbiy ekanligini turli statistikalar orqali ko’rsatishdi.
«Pepda 71,6%, Fergyusonda 58,1%» — «Siti» matbuot xizmati jamoa ustozining natijalarini boshqa murabbiylar bilan taqqosladi
Foto: Getty Images
«Manchester Siti» bosh murabbiy Pep Gvardiolaning g’alaba foizlarini uning mashhur raqiblari va hamkasblarining ko’rsatkichlari bilan taqqosladi.
Kataloniyalik mutaxassis yakshanba kuni Premer-liganing 11-turida «Liverpul» (3:0) bilan bahsda murabbiylik faoliyatidagi 1000-o’yinini o’tkazdi.
«Pep 1000 ta o’yinidan 716 tasida g’alaba qozongan, bu uning g’alabalari 71,6% ni tashkil etishini anglatadi. Bu har mavsumda 38 ta liga o’yinidan o’rtacha 27 tasida g’alaba deganidir.
Biz Gvardiolaning 71,6% g’alaba foizini uning Shon-sharaf zalidagi ayrim hamkasblari statistikasi bilan taqqosladik va raqamlar murabbiyimizning darajasini aks ettiradi.
Masalan, Fergyusonning 2155 ta o’yindagi g’alabalari foizi 58,1% ni, Mourinonikini jami 61,6% ni va Anchelottiniki esa 59,8% ni tashkil qiladi.
XXI asrda Yevropa futbolidagi boshqa taniqli nomlar Antonio Konte va Luis Enrike bo’lib, ularning g’alabalari foizi mos ravishda 58,2% va 61,3% ni tashkil qiladi.
2445 — Gvardiola jamoalari tomonidan 1000 ta o’yinda urilgan gollar soni. Bu — o’rtacha har bir bahsda deyarli 2,5 ta gol degani. 1332 – Pepning «Siti»sida 550 ta o’yindagi gollar soni. Uning faoliyati davomida jamoalari 813 bor to’p o’tkazib yuborishgan. Shunda to’plar farqi +1632 ni tashkil qilmoqda.
Jeremi Dokuning «Liverpul»ga kiritgan to’pi «Siti»ning 2016 yildan — Pep kelganidan beri Premer-ligadagi 850-goli bo’ldi, bizning darvozamizga esa 301 ta gol urilgan.
Pep faoliyati davomida ikki marta 9:0 hisobida g’alaba qozongan: 2011 yilda «Ospitalet»ga qarshi «Barselona»da va 2019 yilda «Siti» bilan «Berton»ga qarshi. Shuningdek, u beshta o’yinda 8:0 va yettita o’yinda 7:0 hisobida g’alaba qozongan», — deyiladi «Siti» jamoasi hisobotida.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan