fbpx Betguru » YeCHL. «Manchester Siti» «Real»ni yirik hisobda mag‘lub etib, finalga chiqdi
Tuesday, 25 June 2024
← Go to the news

YeCHL. «Manchester Siti» «Real»ni yirik hisobda mag‘lub etib, finalga chiqdi

Manchesterda Chempionlar ligasi yarimfinal javob o‘yini doirasidagi ikkinchi o‘yin o‘tkazilib, turnir finalchilari ma’lum bo‘ldi.

«Etihad» stadionida «Manchester Siti» «Real»ni qabul qilib, yirik hisobda g‘alaba qozondi. Bernardu Silva birinchi bo‘limdayoq dublga erishgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Militao avtogolidan so‘ng hisob yiriklashdi – 3:0.

Butun o‘yin davomida Kurtuani dog‘da qoldira olmagan Holandning o‘rniga 89-daqiqada Alvares maydonga tushgach, unga Tibo darvozasini nishonga olish uchun ikki daqiqa yetarli bo‘ldi – 4:0.

Shu tariqa, Gvardiola shogirdlari o‘tgan yilgi mag‘lubiyat uchun «Real»dan alamini olib, finalga yo‘llanma oldi. YeCHLning amaldagi g‘olibi esa turnirni yirik hisobdagi mag‘lubiyat bilan tark etdi. Final bahsi 10 iyun kuni Istanbulda bo‘lib o‘tadi. Unda «Siti» «Inter»ga qarshi sovrin uchun kurashadi.

YeCHL. Yarimfinal. Javob uchrashuvi.
17 may (chorshanba)
Manchester Siti – Real – 4:0
Gollar: 1:0 – 23 Bernardu Silva, 2:0 – 37 Bernardu Silva, 3:0 – 76, avtogol Militao, 4:0 – 90+1 Alvares
Manchester Siti – Ederson, Uoker, Ruben Diash, Akandji, Stounz, Gundo‘g‘an (Mahrez, 79), de Bryuyne (Foden, 84), Grilish, Bernardu Silva, Rodri, Holand (Alvares, 89).
Real Madrid – Kurtua, Karvaxal (Vaskes, 80), Alaba, Militao, Kamavinga (Tchuameni, 80), Modrich (Ryudiger, 63), Kroos (Asensio, 70), Valverde, Vinisius Junior, Rodrigo (Sebalos, 80), Benzema.
Ogohlantirishlar: Ruben Diash (50), Karvaxal (55), Gyundogan (62), Kamavinga (75).
Birinchi uchrashuv: 1:1.

image