fbpx Betguru » YeCHL. «Man Siti» va «Real» o‘yinini polshalik, Milan derbisini fransiyalik hakamlar boshqaradi
Saturday, 20 April 2024
← Go to the news

YeCHL. «Man Siti» va «Real» o‘yinini polshalik, Milan derbisini fransiyalik hakamlar boshqaradi

UEFA Chempionlar ligasi yarimfinal javob bahslaridan o‘rin olgan uchrashuvlarni boshqarib boradigan rasmiylarni e’lon qildi.

Unga ko‘ra, polshalik Shimon Marchinyak «Manchester Siti» – «Real» bahsini boshqarib borsa, fransiyalik Kleman Tyurpen «Inter» – «Milan» o‘yinida bosh hakamlik qiladi.

16 may (seshanba)
«Inter» – «Milan» (birinchi o‘yin – 2:0)

Hakam – Kleman Tyurpen, assistentlar – Nikolya Dano, Benjamen Paj. Zaxira hakami – Stefani Frappar. VAR – Jerom Brisar, AVAR – Benua Miyo (barchasi – Fransiya).

17 may (chorshanba)

«Manchester Siti» – «Real» (birinchi o‘yin – 1:1)

Hakam – Shimon Marchinyak, assistentlar – Pavel Sokolnitski, Tomash Listkevich (barchasi – Polsha). Zaxira hakami – Ishtvan Kovach (Ruminiya). VAR – Tomash Kvyatkovski, AVAR – Bartosh Frankovski (ikkisi ham – Polsha).

Ma’lumot uchun, «Inter» va «Milan» o‘yini 16 may kuni, «Manchester Siti» va «Real» uchrashuvi 17 may kuni bo‘lib o‘tadi.

image