fbpx Betguru » Ten Hag: «O‘tkazib yuborilgan 3ta gol ham xatolar sabab yuzaga keldi va bu o‘yin natijasini hal qildi»
Thursday, 25 April 2024
← Go to the news

Ten Hag: «O‘tkazib yuborilgan 3ta gol ham xatolar sabab yuzaga keldi va bu o‘yin natijasini hal qildi»


«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Hag APL 21-turidan o‘rin olgan «Arsenal» (2:3) bilan o‘yindan keyin o‘z fikrlarini bildirdi.

«Ajoyib o‘yin bo‘ldi, yuqori sur’atda o‘tdi. Bugun muxlislar g‘alaba qozondi. Ikki top-jamoa o‘ynadi, lekin bahs so‘ngida to‘p o‘tkazib mag‘lubiyatga uchraganimizdan xafa bo‘ldik, albatta.

O‘tkazib yuborgan barcha gollarimiz xatolar tufayli bo‘ldi — bunday bo‘lmasligi kerak. O‘tgan haftada bunday vaziyatlarda bizni mag‘lub etish juda qiyin edi, bugun esa aksincha. Barcha gollardan qochishimiz mumkin edi.

«Arsenal» to‘p bilan yaxshi ishlaydi, ammo «MYU» — yaxshi himoyalanadigan jamoa. Ko‘p vaziyatlar bo‘lmadi. Keraksiz xatolar qildik.

O‘yin natijasini kichik detallar, shuningdek, qabul qilingan qarorlar hal qildi. Buni qabul qilish og‘ir, ammo saboq olishimiz kerak.

Bu yetarli emas, men g‘alaba qozonishni xohlayman. Birinchi bo‘lishni istaymiz. Lekin xato qilsak, bu sodir bo‘lmaydi. Jamoaga ham shuni aytdim», — deya niderlandiyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi BBC.

Bu yerda ishonchli bukmeker

image