Friday, 3 February 2023
← Go to the news

Saudiya Arabistoni chempionati. Ronaldu debyut qilgan o‘yinda «An Nasr» g‘alaba qozonib, 1-o‘ringa qaytdi


Saudiya Arabistoni chempionatining 14-turida «An Nasr» o‘z uyida «Al Ittifoq»ni Taliskaning yagona goli evaziga mag‘lub etdi.

Mezbonlar safida Krishtianu Ronaldu debyutini o‘tkazdi va jamoasini sardor sifatida maydonga boshlab tushdi. O‘zbekistonlik yarimhimoyachi Jaloliddin Masharipov esa zaxirada qoldirildi.

«An Nasr» ochkolarini 33taga yetkazib, 1-o‘ringa qaytdi. «Al Ittifoq» 16 ochko bilan 10-pog‘onada qoldi.

Saudiya Arabistoni chempionati. 14-tur
An Nasr — Al Ittifoq 1:0
22 yanvar, «Mrsool Park»
Gol: Taliska (41).
An Nasr — Al Aqidi, Al G‘annam, Al Amri, Madu, Al Ujami, As Sulayhi (Al Hasan, 75), Al Haybari, G‘arib (Yahyo, 67), Martines (An Naji, 67), Taliska, Ronaldu.
Al Ittifoq — Viktor, Al Muvallad (Abdulrahmon, 83), Al Musa, Tisseran, Hatib, Al Kuvaykibi, Faysal Al Gamdi (Hamil Al Gamdi, 81), Hazizi, Vitino (As Salim, 90+1), Kuayson (Ali Al Gamdi, 81), Niakate (Al Obayd, 90+1).
Ogohlantirishlar: Al Muvallad (22), Al Musa (86).

Bu yerda ishonchli bukmeker