fbpx Betguru » Ronaldudan dubl, Messi va Mbappedan gol. «PSJ» o‘rtoqlik o‘yinida «Ar-Riyod» yulduzlarini mag‘lub etdi
Friday, 19 April 2024
← Go to the news

Ronaldudan dubl, Messi va Mbappedan gol. «PSJ» o‘rtoqlik o‘yinida «Ar-Riyod» yulduzlarini mag‘lub etdi


Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda ushbu shahar sharafini himoya qiladigan «An-Nasr» va «Al-Hilol» klublari yulduzlaridan iborat jamoa «PSJ»ga qarshi o‘rtoqlik bahsida maydonga tushdi.

«Qirol Fahd» xalqaro stadionida 60 mingga yaqin tomoshabin ko‘z o‘ngida o‘tgan o‘yin o‘rtoqlik maqomida bo‘lsa-da, shiddatli va qiziqarli o‘tgani bilan rasmiy o‘yindan qolishmadi. Ayniqsa, uchrashuvda Ronaldu va Messining o‘zaro to‘qnash kelgani katta afisha edi.

O‘yinning 5-daqiqasidayoq hisob Messi tomonidan ochilgan bo‘lsa, 34-daqiqada Ronaldu penaltidan gol kiritib, farqni yo‘qqa chiqardi – 1:1.

Ko‘p o‘tmay, parijliklar himoyachisi Bernat qo‘polligi uchun maydondan chetlatilgan bo‘lsa-da, mehmonlar Markinosning goli evaziga yana hisobda oldinga chiqib olishdi. Ammo 45+5-daqiqada Ronaldu yana katta sahnaga chiqib, stadionni larzaga keltirdi – 2:2.

Ikkinchi bo‘lim boshida Ramos avvalgi xatosini yuvdi va jamoasini yana hisobda oldinga olib chiqdi. 3 daqiqa o‘tib, Chjen Su farqni tenglashtirdi – 3:3.

60-daqiqada Mbappe Parij klubini o‘yinda 4-marta hisobda oldinga olib chiqqach, Ronaldu va Messi zaxiraga olindi – 4:3.

O‘yin yakunigacha Ekitik va Taliska gol urib, uchrashuvda yakuniy natijani o‘rnatishdi – 4:5. «PSJ» Ar-Riyod kubogi sohibiga aylandi. Ronaldu esa uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi sovriniga ega chiqdi.

O‘rtoqlik o‘yini. 19 yanvar (payshanba)
«Ar-Riyod» yulduzlar jamoasi – «PSJ» – 4:5
Ar-Riyod, «Qirol Fahd stadioni»
Gollar: 0:1 – Messi (3), 1:1 – Ronaldu (34, penalti), 1:2 – Markinos (43), 2:2 – Ronaldu (45+5), 2:3 – Ramos (53), 3:3 – Chjan Hen Su (56), 3:4 – Mbappe (60, penalti), 3:5 – Ekitik (78), 4:5 – Taliska (90+4).
«Ar-Riyod»: Al-Ovays, Chjan Xen Su, Al-Bulayhi, Al-G‘anam (Al-Avjomi, 46), Abdulhamid, Gustavo, Al-Haybari (Kanno’, 61), Martines (Karrilo, 61), Marega (Taliska, 46), Ronaldu (Mateus Pereyra, 61).
«PSJ»: Navas (Donnarumma, 62), Hakimi (Pembele, 62), Markinos (Danilu, 46), Ramos (Bitshiabu, 62), Bernat, Ruis (Mendesh, 62), Soler (Garbi, 62), Sanshesh (Vitinya, 46), Neymar (Zoir-Emeri, 62), Messi (Kari, 62), Mbappe (Ekitik, 62).
Foydalanilmagan penalti: Neymar (45+3, darvozabon).
Chetlatish: Bernat (39, PSJ).

Bu yerda ishonchli bukmeker

image