fbpx Betguru » O‘zbekiston Eronni mag‘lub etib, Osiyo kubogi-U23ga yo‘llanma oldi
Sunday, 28 April 2024
← Go to the news

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etib, Osiyo kubogi-U23ga yo‘llanma oldi

Osiyo kubogi U23 saralash bosqich «E» guruhi 3-turi doirasida O‘zbekiston olimpiya jamoasi guruhdagi asosiy raqibi Eronga qarshi maydonga tushdi.

«Jar» stadionida 8 mingdan ortiq tomoshabin qarshisida o‘tgan bahsda Abbosbek Fayzullayevning ikkinchi bo‘lim boshida kiritgan yagona goli jamoamizga muhim g‘alabani taqdim etdi – 1:0.

Shu tariqa, Temur Kapadze shogirdlari guruhda 9 ochko bilan 1-o‘rinni egallab, keyingi yilning aprel oyida Qatarda bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogi U23 final bosqichiga yo‘llanma olishdi. Qatardagi musobaqada Parij-2024 Olimpiadasi yo‘llanmasi o‘ynaladi.

Eron guruhda 2-o‘rinni egallab hozircha Osiyo kubogi U23 final bosqichiga yo‘llanma olish imkoniyatiga ega, Afg‘oniston esa 3-o‘rinni egalladi. Hongkong so‘nggi o‘rinda qoldi.

Osiyo kubogi U23. «E» guruhi. 3-tur
O‘zbekiston U23 — Eron U23 – 1:0
Gol: Abbosbek Fayzullayev, 47.
Bosh hakam: Hanna Hattob (Suriya)
O‘zbekiston: 12.Vladimir Nazarov, 3.Abduqodir Husanov, 5.Muhammadqodir Hamraliyev, 6.Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, 9.Ulug‘bek Hoshimov (22.Alisher Odilov, 59), 10.Jasur Jaloliddinov, 14.Abbosbek Fayzullayev (2.Saidazamat Mirsaidov, 90+2), 15.Umarali Rahmonaliyev, 18.Alibek Davronov, 19.Husayn Norchayev (20.Ruslan Jiyanov, 90+2), 23.Abdurauf Bo‘riyev.
Zaxira: 1.Abduvohid Ne’matov, 21.Hamidullo Abdunabiyev, 4.Odil Abdumajidov, 7.Hojimat Erkinov, 8.Ibrohim Ibragimov, 11.Otabek Jo‘raqo‘ziyev, 13.Mahmud Mahamadjonov, 16.Asadbek Rahimjonov, 17.Diyor Xolmatov.
Eron: 1.Muhammadrizo Halidabadi, 2.Saman Turaniyon (7.Muhammadhussayn Islomiy, 84), 3.Husayn Gudarziy, 5.Muhammad Amin, 8.Javod Hussaynzoda, 9.Said Allohyor Sayidmanesh, 10.Yasin Salmoni (13.Ariyo Yusufi, 84), 14.Amir Ja’fari (17.Muhammadmahdi Ahmadi, 84), 16.Muhammad Qurboni, 19.Ali Pur, 23.Muhammadrizo Bordbar.
Zaxira: 12.Sina Saidifar, 22.Payam Parsa, 4.Danial Iri, 6.Alirizo Bavieh, 11.Seyedaria Barzegar, 15.Said Muhammad Taha, 18.Aliasgar Sadeghinasab, 20.Mahdi Hoshimnazhad, 21.Sina Qasamiy.

Afg‘oniston – Hongkong – 0:0.

image