fbpx Betguru » O‘rtoqlik o‘yini. «Neftchi» Polsha klubini mag‘lub etdi
Saturday, 20 April 2024
← Go to the news

O‘rtoqlik o‘yini. «Neftchi» Polsha klubini mag‘lub etdi


Superliga yangi mavsumiga Turkiyada tayyorgarlik ko‘rayotgan «Neftchi» klubi navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi.

Vitaliy Levchenko shogirdlari bu safar Polshaning Ekstraklass ligasi vakili «Radomyak» klubi bilan bahslashishdi. O‘yinda Oliver Sharkich va Tabatadzening goli Farg‘ona klubiga g‘alaba keltirdi – 2:1.

Shu kuni vodiyliklar safida «Olimpik» va «Bunyodkor» sobiq darvozaboni Vladimir Nazarov maydonga tushdi.

O‘rtoqlik o‘yini. Turkiya.
«Neftchi» – «Radomyak» (Polsha) – 2:1
Gollar: Oliver Sharkich 20, T.Tabatadze 49 – 85.
«Neftchi»: Akbar To‘rayev (V.Nazarov, 46), Zoir Jo‘raboyev, Aleksey Larin, Andrey Mishenko, Mirzohid G‘ofurov, Abbos G‘ulomov, G‘ulomhaydar G‘ulomov, Nurillo To‘xtasinov, Fozil Musayev, Toma Tabatadze (F.Muhammadov 52), Oliver Sharkich

Bu yerda ishonchli bukmeker

image