fbpx Betguru » “Neftchi” va “Bunyodkor” yoshlari o‘rtasidagi uchrashuvda mezbon jamoaga texnik mag’lubiyat yozildi
Saturday, 27 April 2024
← Go to the news

“Neftchi” va “Bunyodkor” yoshlari o‘rtasidagi uchrashuvda mezbon jamoaga texnik mag’lubiyat yozildi

Superliga va Pro Liga reglamenti 4.1-bandiga ko‘ra, musobaqa doirasidagi uchrashuvlar “Litsenziyalash reglamenti” asosida ishlab chiqiladigan “Stadionlar to‘g‘risidagi nizom”ga muvofiq Liga tomonidan ruxsat etilgan stadionlarda o‘tkaziladi.

4.3-bandga asosan fors-major holatida uchrashuvni o‘tkazish uchun stadionni o‘zgartirishga to‘g‘ri kelsa, mezbon futbol klubiga Liga bilan uch tomonlama kelishuvga erishgan boshqa stadionlardan biridagina rasmiy uchrashuvni o‘tkazish uchun ruxsat beriladi. Ammo Qirgulidagi “Neftchi” sport majmuasi hamon Liganing minimal talablariga to‘la tayyor bo‘lgani yo‘q. Liga mutaxassisining mavjud kamchiliklarni bartaraf etish borasida bergan ko‘rsatmalari hozirga qadar bajarilmadi. Shuningdek, mazkur uchrashuvni ko‘chirish uchun talab darajasidagi boshqa bo‘sh stadion taqdim etilmadi.

Shuni inobatga olib, U-21 chempionati 10-tur uchrashuvlari doirasidagi “Neftchi” — “Bunyodkor” uchrashuvi o‘tkazilmaydigan bo‘ldi. Reglamentga muvofiq mezbon klubga 0:3 hisobidagi texnik mag‘lubiyat, raqib jamoaga esa 3:0 hisobidagi texnik g‘alaba yozildi.

image