Friday, 3 February 2023
← Go to the news

La Liga. “Atletiko” ochko yoʻqotdi, “Espanyol” safardan gʻalaba bilan qaytdi

Foto: Getty Images
Ispaniya La Ligasi 17-turi doirasidagi ikki oʻyin yakuniga yetdi.

“Atletiko” safarda “Almeriya”ni magʻlub eta olmadi – 1:1. Oʻyin soʻnggida madridliklar himoyachisi Regilon qizil kartochka olib, maydonni erta tark etdi.

“Xetafe” esa “Espanyol”ni qabul qilib, magʻlub boʻldi – 1:2.

Shu tariqa, “Atletiko” 28 ochko bilan 4-oʻrinda qoldi. “Espanyol” 17 ochko bilan 14-oʻrinda bormoqda.

La Liga. 17-tur
Xetafe – Espanyol 1:2
Gollar: 0:1 – 6 Xoselu, 1:1 – 7 Unal, 1:2 – 62 Puado.
Xetafe – Soriya, Suares (Iglesias, 46), Djene, Duarte, Alderete (Alvares, 46), Alenya (Munir, 46; Latasa, 67), Milya, Algobiya (Vilyar, 64), Portu, Unal, Mayoral.
Espanyol – Alvaro Fernandes, Aleish Vidal, Kabrera, Montes, Kalero, Xil, Darder, Vinisius Kosta, Xoselu, Breytueyt, Puado (Eksposito, 79).

Almeriya – Atletiko 1:1
Gollar: 0:1 – 18 Korrea, 1:1 – 37 Ture.
Almeriya – Fernando, Eli, Chumi, Akyeme, Puchmal, Melero (Eguaras, 79), Robertone, Samu Koshta, Poso, Baptistao (Ramazani, 66), Embarba (Mendes, 79), Ture (Suares, 66).
Atletiko – Oblak, Molina, Vitsel, Ermoso, Reynildu (Regilon, 67), Lyorente, Lemar (Morata, 67), Koke (Barrios, 46), Kondogbia, Grizmann, Korrea (Felipe, 77).
Ogohlantirishlar: Baptistao (17), Kondogbia (40), Embarba (67), Regilon (85), Mendes (85).
Chetlatish: Regilon, 89.