fbpx Betguru » JCH U-20. O‘zbekiston Yangi Zelandiya bilan bahsda kambek qilib, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
Tuesday, 23 April 2024
← Go to the news

JCH U-20. O‘zbekiston Yangi Zelandiya bilan bahsda kambek qilib, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Argentinada o‘tayotgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida 2-tur o‘yinlari boshlandi.

A guruhida 1-turda mezbonlarga yutqazgan O‘zbekiston (1 ochko) yoshlar jamoasi bu safar Yangi Zelandiyaga (4 ochko) qarshi to‘qnash kelib, 0:2 hisobidagi mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida Argentina (3) Gvatemalani (0) sinovdan o‘tkazadi.

Ravshan Haydarov jamoasi so‘nggi turda 26 may kuni Gvatemala bilan o‘ynaydi.

JCH U-20. A guruhi. 2-tur
O‘zbekiston — Yangi Zelandiya 2:2
23 may, «Santyago del-Estero»
Gollar: Fayzullayev (51), Esanov (90+3) — Uolls (23), Herdman (41).
O‘zbekiston U20 — Otabek Boymurodov, Diyor Ortiqboyev (Shahzod Ne’matjonov, 84), Abduqodir Husanov, Jahongir O‘rozov, Mahmud Mahamadjonov (Saidafzal Ahrorov, 68), Zafarmurod Abdurahmatov, Behruz Asqarov (Rustam Turdimurodov, 68), Umarali Rahmonaliyev, Nodir Abdurazzoqov (Sherzod Esanov, 46), Abbos Fayzullayev, Po‘oatxo‘ja Xoldorxonov (Shahzod Akramov, 90+2).
Yangi Zelandiya U20 — Sims, O’Liri (Harvi, 46), Hyuz, Surman, Kelli, Makkey, Konchi, Uolls (Fay, 83), Herdman (Manuel, 87), Garbett (Supik, 63), Donkers (Kolloti, 63).
Ogohlantirishlar: Rahmonaliyev (10), Makkey (18), O’Liri (24), Fayzullayev (86).

image