Friday, 3 February 2023
← Go to the news

Holand APLda 4ta het-trikka eng tez erishgan futbolchiga aylandi


«Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand Angliya chempionati 21-turida «Vulverhempton»ga (3:0) 3ta gol urdi.

Norvegiyalik futbolning APLdagi het-triklari 4taga yetdi. Buning uchun Erlingga 19ta o‘yin yetarli bo‘ldi.

Ligada bungacha 4ta het-trik uchun eng kam o‘yin sarflagan futbolchi Rud van Nistelroy («MYU») edi — niderlandiyalik sobiq hujumchi 65ta o‘yinda erishgandi.

Shu tariqa Holand van Nistelroyning rekordini yangiladi. Keyingi o‘rinlarni Luis Suares (81), Alan Shirer (86) va Robbi Fauler (89) egallagan.

Bu yerda ishonchli bukmeker