Friday, 3 February 2023
← Go to the news

Fransiya chempionati.

Fransiya chempionati. “PSJ” ketma-ket ikkinchi safar oʻyinida magʻlubiyatga uchradi, “Monako”dan 7:1, Ben-Yedderdan het-trik va boshqa natijalar

Fransiya chempionati 19-turida ham kutilmagan natijalar roʻy berdi.

Amaldagi chempion “PSJ” chempionat doirasidagi ketma-ket ikkinchi safar oʻyinida magʻlubiyatga uchradi. “Lans”dan keyin “Renn” ham Parij klubini mavsumdagi ikkinchi magʻlubiyatni tan olishga majbur qildi – 1:0.

Shu kuni Messi va Neymar asosiy tarkibda maydonga tushgan boʻlsa, Mbappe zaxiradan maydonga tushdi.

Shu tariqa, “PSJ” 47 ochko bilan peshqadamlikni saqlab qolgan boʻlsa, “Lans”da 44 ochko, “Monako” va “Renn” esa 37 ochkodan jamgʻarib, 4-5-oʻrinlarni egallab turibdi.

Fransiya chempionati. 19-tur

Renn – PSJ 1:0
Gol: 1:0 – 65 Traore.
Renn – Mandanda, Traore, Rodon, Vu, Teate, Tryuffer (Meling, 76), Sulemana, Mayer, Ugoshukvu, Due (Doku, 68), Guiri, Kalimuendo (Assinyon, 76).
PSJ – Donnarumma, Mukiyele (Xakimi, 56), Ramos, Danilu Pereyra (Sanshesh, 83), Markinyos, Bernat, Vitinya (Fabian Ruis, 72), Zair-Emeri (Soler, 72), Messi, Neymar, Ekitik (Mbappe, 55).

Monako – Ayachcho 7:1
Gollar: 1:0 – 2 Disasi, 2:0 – 6 Diatta, 2:1 – 11 Belaili, 3:1 – 21 Ben-Yedder, 4:1 – 28 Ben-Yedder, 5:1 – 35, penalti Ben-Yedder, 6:1 – 63 Embolo, 7:1 – 89 Embolo.
Monako – Nyubel, Vanderson, Maripan, Disasi (Sarr, 71), Kayo Enrike, Golovin (Yakobs, 61), Kamara (Matazo, 46), Fofana, Ben-Segir (Embolo, 61), Ben-Yedder (Boadu, 71), Diatta.
Ayachcho – Lerua, Gonsales, Mayembo (Avinel, 46), Vidal, Diallo (Alfons, 64), Nuri (Botue, 64), Mangani, Shabrol, Yussuf, Belaili (Mussiti-Oko, 46), Bayala.

Lill – Trua 5:1
Gollar: 1:0 – 16 Bayo, 2:0 – 45 Devid, 3:0 – 47 Bayo, 3:1 – 65 Balde, 4:1 – 75 Virjiniyus, 5:1 – 88 Devid.
Lill – Shevalye, Diakite, Tiagu Djalo, Yoro (Fonte, 77), Unas (Jegrova, 8), Gomes, Andre, Num (Kabella, 66), Vea (Alessandro, 75), Bayo (Virjiniyus, 67), Devid.
Trua – Lis, Balde, Palmer-Braun, Salmye, Konte, Bruus (Odober, 64), Larusi, Tardye, Shavaleren, Roni Lopesh, Balde.

Reyms – Nissa 0:0
Reyms – Diuf, Foke, Abdelxamid, Agbadu, Byusi (Loko, 88), Matusiva, Munetsi (Lopi, 81), Kayuste (Dumbiya, 81), Ito, van Bergen (Zeneli, 70), Balogun.
Nissa – Shmeyxel, Lotomba, Dante, Todibo, Bar (Mendi, 90), Remzi (Barkli, 69), Tyuram, Budaui, Diop (Braimi, 69), Labord (Buanani, 69), Pepe.

Monpelye – Nant 0:3
Gollar: 0:1 – 45 Jirotto, 0:2 – 81 Moxamed, 0:3 – 84 Blas.
Monpelye – Omlin, Tshato, Sako, Jyulyen (Sako, 86), Mauassa (Kossa, 78), Savanye, Ferri (Fayyad, 79), Lerua (Shotar, 64), Xazri, Jermen (Norden, 65), Vai.
Nant – Lafon, Santonz, Kastelletto, Jirotto, Zeze (Mutussami, 60), Traore (Korshya, 16), Sissoko, Chirivelya (Duse, 85), Blas (Koko, 85), Gessan (Moxamed, 60), Saymon.
Chetlatish: Xazri (42), Vai (67).

Tuluza – Brest 1:1
Gollar: 0:1 – 18 Munye, 1:1 – 65 Abuxlyal.
Tuluza – Dyupe, Silla, Nikolaysen, Ruo, Diarra, Deyagere (Skyuttya, 80), van den Bomen, Spirings, Rafael Ratao (Shaibi, 55), Onaivu (Dallinga, 55), Abuxlyal (Birmanchevich, 70).
Brest – Bizot, Fadiga (Lala, 70), Erey, Shardonne, Brassye, Onora, Le-Melu, Manyetti, Kamara (Belkebla, 83), Munye (Slimani, 70), Le Duaron (Kamblan, 83).

Anjer – Klermon 1:2
Gollar: 0:1 – 40 Rashani, 0:2 – 47 Neto, 1:2 – 80 Bufal.
Anjer – Bernardoni, Bamba, Blajich, Untondji, Kapel (Rao-Lisoa, 69), Bentaleb, Mendi (Unai, 60), El-Melali (Abdelli, 23), Bufal, Yunu (Sima, 60), Salama.
Klermon – Diav, Veteska, Kofriye, Seydu, Neto, Rashani (Sarachevich, 73), Gastyen, Kaui (Massolen, 87), Manyen, Allevina (Zeffan, 87), Kye (Andrich, 73).