← Go to the news

10.01.2023
1021
So'ngi yangiliklar
Benzema La Liga tarixidagi to‘purarlar ro‘yxatida 6-o‘ringa ko‘tarildi
Karim Benzema Ispaniya chempionatida gollari soni bo‘yicha Alfredo Di Stefanoga yetib oldi.
«Real» hujumchisi La Liganing 16-turidan o‘rin olgan «Vilyarreal»ga qarshi o‘yinda (1:2) penaltidan unumli foydalandi. Bu — fransuz uchun chempionatdagi 227-gol.
Benzema va Di Stefano liga tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida 6-o‘rinni egallab turishibdi. Oldinda Lionel Messi (472 gol), Krishtianu Ronaldu (311), Telmo Sarra (251), Ugo Sanches (234) va Raul (228) bor.