
APL. “Chelsi” “Kristal Pelas”ni magʻlub etib “Liverpul”ga yetib oldi, “Nyukasl” 89-daqiqadagi gol evaziga 3-oʻringa koʻtarildi
Angliya Premyer-ligasi 20-turi doirasidagi ikki uchrashuv yakuniga yetdi.
“Chelsi” oʻz maydonida “Kristal Pelas”ni qabul qilib, Havertsning yagona goli evaziga qiyin gʻalabaga erishdi – 1:0.
“Nyukasl” esa “Fulhem” ustidan soʻnggi daqiqalarda gʻalabaga erishdi. Isakning 89-daqiqadagi yagona goli mezbonlarga muhim gʻalabani keltirdi – 1:0.
Shu tariqa, “Nyukasl” 38 ochko bilan “MYU”ga yetib olib, gollar nisbatiga koʻra 3-oʻringa koʻtarildi. “Chelsi” esa 28 ochko bilan “Liverpul”ga yetdi, ammo toʻplar nisbatiga koʻra 10-oʻrinda qoldi.
APL. 20-tur
Chelsi – Kristal Pelas 1:0
Gol: 1:0 – 64 Haverts.
Chelsi – Arrisabalaga, Chaloba, Tiago Silva, Badyashil, Aspilikueta, Xoll (Kulibali, 78), Kovachich, Jorjinyo, Ziyesh, Maunt, Gallaxer, Chukvuemeka (Obameyang, 63), Haverts.
Kristal Pelas – Guaita, Klayn, Andersen (Tomkins, 38), Gexi, Mitchell, Shlupp (Xyuz, 69), Eze (Eduar, 69), Dukure, Olise, Ayyu (Mateta, 69), Zaa.
Ogohlantirishlar: Dukure (26), Klayn (42), Jorjinyo (49), Eze (52), Viyeyra (80), Xyuz (83), Gallaxer (84), Gexi (88).
Nyukasl – Fulhem 1:0
Gol: 1:0 – 89 Isak.
Nyukasl – Poup, Trippyer, Sher, Botman, Bern, Merfi, Bruno Gimaraes (Sen-Maksimen, 46), Longstaff, Uillok (Isak, 71), Almiron, Uilson, Joelinton.
Fulhem – Leno, Tete, Rim, Diop, Kurzava, Rid, Pereyra (Adarabioyo, 77), Palinya, Villian (Jeyms, 77), Dekordova-Rid, Mitrovich.
Ogohlantirishlar: Kurzava (48), Rim (60), Pereyra (63), Poup (69).