fbpx Betguru » Anchelotti Bilbaodagi g‘alaba va Vinisiusga bo‘layotgan bosimlar haqida gapirdi
Tuesday, 16 April 2024
← Go to the news

Anchelotti Bilbaodagi g‘alaba va Vinisiusga bo‘layotgan bosimlar haqida gapirdi


«Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti La Liga 18-turidan o‘rin olgan «Atletik»ka (2:0) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bugun jamoa yana yaxshi himoyalangani sezildi — zich va ishonchli. Ustunlikni saqlab qolishimiz kerak edi va ajoyib ishladik. Raqibga imkon bermadik va g‘alaba qozondik.

Sebalos juda zo‘r o‘ynadi, ayniqsa, individual jihatdan, to‘psiz ham yaxshi ishladi. U muvaffaqiyatga erishmoqda, unga tegib bo‘lmaydi. U unchalik ko‘p o‘ynamagan. Umid qilamanki, qolganlar ham tezda tuzalib ketishadi.

Benzema qaytdi. U bizga hujumda ko‘p narsa beradi. Juda mamnunmiz. Kamavinganing o‘yinini ham ta’kidlamoqchiman. U ajoyib o‘yin o‘tkazdi.

Vinisiusga men bilan gaplashishini aytdim. U o‘z futbolini o‘ynadi. Ajoyib futbolchi va o‘yinni his qiladigan yigit.

To‘g‘ri, hamma Viniga bosim o‘tkazadi: raqiblar, raqib muxlislari, ba’zida hatto hakamlar ham.

U, har doimgidek, ko‘p marta oyoqlariga zarba qabul qilib oldi. Shikoyat qilmaslik uchun o‘zini yaxshilashga harakat qiladi. Lekin hamma unga bosim o‘tkazadi. Menimcha, bu noto‘g‘ri.

Vini futbol o‘ynashni yaxshi ko‘radi. Ba’zida u diqqatni yo‘qotadi, lekin u juda yosh. Uni juda yaxshi ko‘raman va hamma hurmat qilishini istayman», — dedi italiyalik mutaxassis DAZN nashriga bergan intervyusida.

Bu yerda ishonchli bukmeker

image